Anqaradagi aviatsiya zavodi oldida portlash sodir boʻldi
Anqaradagi Turkiya Turkiya aviatsiya va kosmik sanoati zavodi (TUSAŞ) kirish qismida portlash sodir boʻldi. Turkiya ichki ishlar vaziri hodisani qoʻporuvchilik harakati deb atab, qurbonlar va yaradorlar borligini maʻʻlum qildi.
Turkiya
aviatsiya va kosmik sanoatining (Türk Uçak Sanayii Anonim Ortaklığı – TUSAŞ)
Anqaradagi zavodi kirish qismida portlash sodir boʻldi.
Turkiya
ichki ishlar vaziri Ali Erlikaya mazkur hodisani qoʻporuvchilik harakati deb atab,
qurbonlar va jarohatlanganlar borligini maʻʻlum qildi.
“Anqaraning
Kahramankazan tumanidagi Turkiya aviatsiya va kosmik sanoati (TUSAŞ) obʻʻektlarida
terroristik harakat amalga oshirildi.
Afsuski, hujum qurbonlar va jarohatlar bilan yakunlandi”, - dedi u.
IIV
rahbari halok boʻlganlarning oila aʻʻzolariga hamdardlik bildirib, yaradorlarning
tezroq sogʻayib ketishini tilar ekan, hodisa tafsilotlari keyinroq maʻʻlum
qilinishini aytdi va fuqarolardan faqat rasmiy bayonotlarga ishonishlarini soʻradi.
CNN Türk
manbalarining maʻʻlum qilishicha, hodisada ikki kishi halok boʻlgan.