10.10.2025 10:00
258

Anъanalarimizga toʻgʻri kelmagan nasihatni qabul qilmaymiz – Abdulaziz Komilov



Prezidentning tashqi siyosat boʻyicha maslahatchisi Abdulaziz Komilov
"Oʻzbekiston Evropa inson huquqlari tashkilotlariga doim ochiq"ligini aytib oʻtdi. 

Davra podkastidagi chiqishida Komilov Gʻarb davlatlari bilan muloqotlarda inson huquqlari va demokratiya masalalari har doim kun tartibida boʻlib kelgan va bu yoʻnalishda toʻxtash mumkin emas. U AQSh hozir bu mavzularni kamroq koʻtarayotganini qayd etgan.


Bundan tashqari prezident maslahatchisi Evropa inson huquqlarining tavsiyalari milliy qadriyatlarimizga ham mos boʻlishi kerakligini ham qoʻshimcha qilgan. 

"Marhamat, kelsin, koʻrsin, bizga nasihat bersin. Agar bu bizga maъqul boʻlsa, birga ishlaymiz. Lekin mentalitetimizga yoki anъanalarimizga toʻgʻri kelmasa, buni qabul qilmaymiz", degan u.

Shuningdek, Komilov Toshkent va Vashingtonning koʻplab mintaqaviy va global masalalar boʻyicha qarashlari yaqinlashib borayotganini bildirib, AQSh prezidenti Donalьd Tramp bilan Oʻzbekiston rahbariyatining dunyoqarashi oʻzaro uygʻunlashayotganini qayd etgan.

Mavzuga aloqador