01.07.2025 13:28
35

Andijonda qimorxona ochgan shaxs ushlandi



Andijon viloyatining Andijon tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor oʻyini tashkil qilgani aniqlandi. 

Ichki ishlar boshqarmasining maъlum qilishicha, “Xavfsiz va sogʻlom yurt” tezkor profilaktik tadbiri doirasida Andijon tumanida yashovchi shaxs yashash xonadonida tavakkalchilikka asoslangan noqonuniy qimor oʻyini tashkil qilgani fosh etilgan.

Voqea joyidan 4 mln 535 ming soʻm pul hamda 300 AQSh dollari, 4 dona hayvon suyagidan yasalgan oshiq, shuningdek, oʻyin tashkillashtirilgan xonadon egasidan 550 ming soʻm choʻtal puli daliliy ashyo sifatida olib qoʻyilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 278-moddasi (qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa oʻyinlarni tashkil etish hamda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga aloqador