12.11.2024 06:40
Tahlil: Aksariyat musulmon davlatlari Isroil bilan savdo aloqalarini kuchaytirgan
Irlandiya, Ispaniya, Belʻgiya, Sloveniya va boshqa davlatlar Evropa Ittifoqidan falastinliklarning qirgʻin qilinishi sababli Isroil bilan savdo aloqalarini qayta koʻrib chiqishni talab qilayotgan bir paytda, joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida yahudiy davlatining arab mamlakatlari va Islom hamkorlik tashkiloti (IHT)ga aʻʻzo boshqa 14 davlat bilan savdo aloqalari oʻsib bormoqda. Bu Isroilni qoʻllab-quvvatlovchi mamlakatlar mahsulotlarini boykot qilish haqidagi ommaviy chaqiriqlarga zid holat. Aslida sionistlarning mahsulotlarini boykot qilish, shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Maʻʻlumotlarga koʻra, 19 ta musulmon davlatining mazkur tovarlar importi hajmi 2,3 milliard dollarga baholangan.
Irlandiyadagi yirik partiyalar Falastin hududida qurilgan noqonuniy koʻchmanchi yahudiylarning aholi punktlarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarni import qilishni taqiqlashni taklif qilyapti. Irlandiya Isroilning asosiy savdo hamkorlaridan biri boʻlib, roʻyxatda 8-oʻrinni egallaydi.
Afsuski, biz Misrdagi siyosiy partiyalar Gʻazodagi urush fonida Qohiraning Telʻ-Aviv bilan savdo hajmini oshirgani va Isroil qishloq xoʻjaligidagi yoʻqotishlarni qoplash maqsadida sionistlarni sabzavot va mevalar bilan taʻʻminlayotganiga qarshi lom-mim deganini eshitmadik. Bundan tashqari, Misr ushbu davr mobaynida fashistlarga tsement etkazib berish hajmini oshirgan.
Faqatgina Turkiya joriy yilning oʻtgan toʻqqiz oyi mobaynida Isroil bilan savdo aloqalarini butkul uzmagan boʻlsa-da, import qiymatini 32 foizga, eksport hajmini esa 15 foizga pasaytirgan. Turkiya Isroil mahsulotlari mijozlari roʻyxatida oʻtgan yilgi 10-oʻrnidan soʻnggi toʻqqiz oyda 17-oʻringa tushib qolgan boʻlsa, sionistlar taʻʻminotchisi sifatidagi mavqeyi 5-oʻrindan 13-oʻringa oʻzgardi. Shunga qaramay, Anqara har ikki tomon maʻʻlumotlarida ham yaxshigina foyda koʻrgan.
Isroilning savdo maʻʻlumotlariga BAA, Misr, Iordaniya, Marokash va Bahrayn kabi beshta arab davlati kiritilgan. Unda Isroilning Bahrayn bilan savdosi qariyb oʻn barobar, Marokash bilan 53 foiz, Misr bilan 52 foiz va BAA bilan 4 foiz oshgani koʻrsatilgan. Isroilning Iordaniyaga eksporti hajmi 45 foizga oshganiga qaramay, importi kamayishi hisobiga savdo aloqalarida biroz pasayish kuzatilgan. Umuman, yahudiylarning ushbu bu besh davlat bilan umumiy savdosi qiymati 3,4 milliard dollarga etib, 12 foizga oʻsgan.
Isroil maʻʻlumotlariga IHTga aʻʻzo boʻlgan yana 14 ta davlat bilan savdo faoliyati ham kiritilgan boʻlib, Turkiyadan tashqari, bu mamlakatlar bilan savdo qiymati 11 foizga oshgani aniqlangan. Albaniya bilan savdo besh barobar, Oʻzbekiston bilan 65 foiz, Nigeriya bilan 45 foiz, Ozarbayjon bilan 34 foiz va Indoneziya bilan 25 foizga oʻsgan. Biroq Malayziya, Kamerun, Senegal, Qozogʻiston, Turkmaniston, Gabon, Kot-d’Ivuar va Uganda bilan savdo qiymati pasaygan.
Bu Isroil tashqi savdo koʻrsatkichlaridagi inqirozni engillashtirdi. Joriy yilning dastlabki toʻqqiz oyida Isroil eksporti oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6 foizga, import qiymati esa 5 foizga pasaydi.
Toʻqqiz oy davomida Isroilning 19 arab va islom mamlakatlari bilan savdosi taxminan 7 milliard dollarni tashkil etgan. Bu ayni paytdagi Isroilning dunyo bilan umumiy savdo aloqasining 10 foizini tashkil etsa-da, amalda arab va musulmon mamlakatlarining ulushi koʻproq. Chunki eʻʻlon qilingan maʻʻlumotlar IHTning qolgan 57 mamlakati bilan savdo ayirboshlash qiymatini oʻz ichiga olmagan. Bundan tashqari, savdo koʻrsatkichlari oʻrtasida katta tafovutlar mavjud boʻlib, Isroil maʻʻlumotlari haliyam pastroq, arab davlatlarida esa bundanda yuqori koʻrsatkichlar taqdim etilgan. Misol uchun, Misr tomoni eʻʻlon qilgan savdo qiymati ikki tomon oʻrtasidagi savdo boʻyicha Isroil maʻʻlumotlariga qaraganda ancha yuqori.
Misr tashqi savdosi boʻyicha eʻʻlon qilingan maʻʻlumotlar iyulʻ oyigacha boʻlgan davrni qamrab olgan. Joriy kalendar yilning dastlabki etti oyida Isroil bilan savdo hajmi 1,883 milliard dollarni tashkil etdi. Bu Misrning 155 million dollarlik eksporti va 1,728 milliard dollarlik importi oʻrtasida taqsimlangan. Bu Isroilga Misr mahsulotlarni import qiladigan mamlakatlar roʻyxatida 9-oʻrinni egallashga imkon berdi. Biroq, Isroil maʻʻlumotlariga koʻra, oʻsha etti oydagi ikki davlat oʻrtasidagi umumiy savdo hajmi atigi 431 million dollarni tashkil etgan. Isroil Misrga 242 million dollarlik mahsulot etkazib bergan va Misrdan 189 million dollarlik tovar import qilgan.
Qohiradagi Statistika agenligi ikki davlat oʻrtasida oʻtgan etti oy davomida ayirboshlangan tovarlar roʻyxatini eʻʻlon qildi. Unga koʻra, Misr Isroilga 30 million dollarlik televizor ekranlari, 29 million dollarlik tsement, 16,5 million dollarlik oʻgʻitlar, 12 million dollarlik meva va sabzavotlar, 6 million dollarlik polietilen kukuni, 4 million dollarlik apelʻsin sharbati, 3 million dollarlik kiyim-kechak va 2 million dollarlik alyuminiy qotishma tayoqchalari, shuningdek, qogʻoz qadoqlar, shimlar, shisha panellar, pol qoplamalari, xushboʻy oʻsimliklar va qalyon tamakisini eksport qilgan.
Oʻsha toʻqqiz oy davomida Misrning Isroildan importi qiymati 1,728 milliard dollarga etgan. Shundan tabiiy gaz 96 foizni yoki 1,664 milliard dollarni tashkil etadi. Qolganlari dizelʻ yoqilgʻisi uchun 31 million dollar va AQShga eksport qilinadigan mahsulotlardan foydalanish maqsadida Misr tayyor kiyim ishlab chiqaruvchilari tomonidan import qilingan matolar va qoplamalar uchun 19 million dollar sarflangan. Malakali sanoat zonalari protokoli Misr eksportining AQShga kirishda bojxona imtiyoziga ega boʻlishi uchun 10,5 foiz Isroil komponentlarini oʻz ichiga olishini talab qiladi. Shu sababli, tayyor kiyim-kechak sanoatida ishlatiladigan iplar, boʻyoqlar, plastmassa va qogʻoz qutilar Isroildan import qilinadi.
Mahmud al-Valiy, tahlilchi