22.05.2025 19:29
197
Suriya “davlat toʻntarishi”ga qarshi emlanmoqdami?
Gʻarb sanktsiyalarni bekor qilishdan maqsad nima?
21 may kuni BMT Xavfsizlik Kengashi navbatdagi yigʻilishini oʻtkazdi. Unda Suriyadagi siyosiy va gumanitar vaziyat muhokama qilindi. Suriya inqirozi kontekstida yangicha omil sifatida AQSh va Evropa Ittifoqining Damashqqa qarshi ilgari joriy etilgan sanktsiyalarni bekor qilish boʻyicha qarori namoyon boʻldi. AQSh prezidenti Donalьd Tramp maъmuriyati bu cheklovlarni olib tashlash zaruratini Suriyada yaqin haftalarda roʻy berishi mumkin boʻlgan davlat toʻntarishi xavfi bilan izohladi. Qayd etilishicha, bunday hodisa mamlakatda keng koʻlamli parchalanishga olib kelishi mumkin.
BMTda Suriyaga nisbatan sanktsiyalar bekor qilinishi boʻyicha boshlangan kampaniya ijobiy baholanmoqda. Tashkilot bu qadam suriyaliklarga “qayta hayot qurish va iqtisodiyotni tiklash” imkonini berishiga ishonmoqda. Yaqinda EI AQSh ortidan Damashqqa nisbatan sanktsiyalar olib tashlanishini eъlon qildi. Bryusseldagi Evropa Kengashi yigʻilishidan soʻng EI tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha rahbari Kaya Kallas shunday dedi:
«Evropa hamjamiyati yakdil fikrda – Damashqqa hozircha tanaffus kerak». Biroq cheklovlar toʻliq bekor etilmaydi. Evropa Kengashining taъkidlashicha, Asadga qarshi joriy etilgan hamda amaldagi hukumatning norozi aholiga qarshi harbiy repressiya oʻtkazish imkoniyatini cheklaydigan sanktsiyalar kuchda qoladi.
Evropa rasmiylari Suriyaga nisbatan sanktsiyalarni engillashtirish ustida shu yilning yanvaridan beri ish olib borayotgandi. Ammo bu jarayonga Gretsiya va Kipr bir necha bor toʻsiq qoʻydi. Ular Damashqning Turkiya taъsiriga tushib qolishidan xavotirda edi. Ammo oxir-oqibat qaror Trampning yaqin Sharqdagi turnesi yakunlangach, qabul qilindi. Safar paytida AQSh prezidenti tarixiy bayonot berdi: Amerika Asadlar sulolasi davrida joriy etilgan barcha sanktsiyalarni Suriyaning muvaqqat hukumatiga nisbatan oldiga shart qoʻymasdan bekor qiladi. Uning soʻzlaridan anglashilishicha, bu qaror Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning shaxsiy iltimosi bilan qabul qilingan.
Bryusselь byurokratiyasi arab etakchilari iltimosidan taъsirlanmagan boʻlishi mumkin, lekin uning qarorlarida AQSh siyosati hal qiluvchi ahamiyatga ega. Suriya mudofaa vaziri Murxaf Abu Kasra EIning bu qadamiga izoh berarkan,
«Biz bu qadamni olqishlaymiz. U Suriya va uning tinchlik hamda taraqqiyotga loyiq xalqining manfaatlariga mos ijobiy yoʻnalishni aks ettiradi. Biz bu qaror qabul qilinishiga hissa qoʻshgan barcha tomonlarga minnatdorchilik bildiramiz va ushbu qadam mamlakatda barqarorlik va rivojlanish sari yangi boshlanish ekanini tasdiqlaymiz. Suriya xalqning irodasi va harakati bilan mintaqadagi etakchi rolini tiklashda davom etmoqda», dedi.
Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Marko Rubio 20 may kuni Kongressda qilgan chiqishida Suriyaga berilgan imtiyozlar barqarorlik manfaatlariga xizmat qilishini aytdi.
«Biz ushbu hukumatning muvaffaqiyat qozonishini istaymiz, chunki bunga muqobil boʻlgan holat – toʻliq fuqarolik urushidir. Bu esa butun mintaqa uchun xavfli oqibatlarga olib keladi», dedi u. AQSh vakilining qoʻshimcha qilishicha, ular «bu muvaqqat hukumat bir necha hafta yoki oy ichida emirilishi va katta miqyosdagi fuqarolik urushi boshlanishi ehtimoli" koʻrinmoqda. "Bu mamlakatning boʻlinishiga olib kelishi mumkin".
Rubio Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad ash-Sharaa boshchiligidagi hukumatni kim zaiflashtirishi mumkinligi haqida aniq maъlumot bermadi. Biroq u Damashq oldida turgan ikki asosiy tahdidni sanab oʻtdi. Birinchisi – oʻz vaqtida Suriya hududida faoliyat yuritgan «Islomiy Davlat» (IShID) guruhining qayta tiklanish xavfi. Jihodchi tashkilot yaqinda ash-Sharaani tanqid qilib, uni “islomga xiyonat qilganlikda” aybladi va uni Gʻarb bilan osonlikcha kelishayotgan rahbar sifatida tasvirladi.
Ikkinchi tahdid – Eron faoliyati. Isroilning Livan, Suriya va Gʻazo sektoridagi hujumlari tufayli Eron mintaqadagi harbiy-siyosiy taъsirini ancha yoʻqotgan. Rubioning fikricha, Suriyadagi “boshqarilmayotgan hududlar” xorijlik jangchilar uchun xavfsiz panohgohga aylanishi mumkin.
Ammo mamlakatda boshqa zaif nuqtalar ham mavjud. Mart oyidan beri Suriyaning ayrim viloyatilarda, xususan, alaviylar yashaydigan hududlarda vaziyat keskinlashgan. Asad va uning atrofidagi shaxslar aynan shu konfessiyaga mansub. Muvaqqat hukumatga koʻra, aynan shu erlarda sobiq rejimning qoldiqlari hali ham faol boʻlib, hokimiyatni egallash rejalarini tuzmoqda va aholini harakatga safarbar qilmoqda. Shuningdek, 20 may kuni muqaddam Rossiya boshqaruvi ostida boʻlgan Xmeymim aviabazasi yaqinida, Latakiya viloyatida, nomaъlum qurollilar harbiy obъektga hujum qilishga urinishdi, ammo hech qanday natijaga erishishmadi.
Toʻntarish urinishlari avval ham kuzatilgan. 2024 yil 8 dekabridan boshlab Asad va uning atrofidagilar Suriyani tashlab ketgan, chunki ash-Sharaa boshchiligidagi kuchlar yurish boshlagan edi. Aprelda muvaqqat hukumat Ichki ishlar vazirligi sobiq Asad amaldorlari toʻntarish uyushtirishga urinib, ammo reja fosh etilganini xabar qildi.
Shu bilan birga, AQShdagi Urushni oʻrganish instituti (ISW) taxlillariga koʻra, Gʻarb sanktsiyalarining engillashtirilishi Suriyada ichki mojarolarning qayta alanga olishini toʻxtata olmaydi. Institut xulosasida aytilishicha, ichki nizolar fuqarolik urushi davrida paydo boʻlgan konfessional va etnik xavotirlar tufayli yuzaga kelishi mumkin. Masalan, kurd qoʻshinlari hali ham qurolsizlanishdan bosh tortayotgani aytilmoqda. Chunki ular Turkiyaga loyal kuchlar kurdlar yashaydigan shaharlarga qarshi hujum uyushtirishidan xavfsirashmoqda.
Xuddi shunday vaziyat Suriya janubida istiqomat qiluvchi druzlar bilan ham yuz bermoqda. ISW maъlumotiga koʻra, druz xalqini himoya qilish boʻyicha hukumatga ishonch boʻlmagani bois, ular oʻz qurollarini saqlab qolish uchun muvaqqat hukumat bilan alohida muzokaralar olib borgan. Mutaxassislar ushbu ishonchsizlik ichki nizolarning qayta boshlanishiga olib kelishi mumkinligini aytmoqda.
Manba