07.05.2025 18:08
91
"Oʻlmas polk" qanday paydo boʻlib qoldi va u kimning tegirmonini aylantirmoqda?
Sanjar Said:
"Oʻlmas polk" qanday paydo boʻlib qoldi va u kimning tegirmonini aylantirmoqda?
Har yili 9 may yaqinlashgani sari ayrim sobiq sovet davlatlarida “Oʻlmas polk” mashmashasi boshlanadi. Bu yurish qaerdadir taqiqlanadi, tashkilotchilar esa odatdagidek norozilik bildirib, gʻalva koʻtaradi. Baъzilar: "Ikkinchi jahon urushi ishtirokchilarini xotirlashning nimasi yomon?" deb soʻrashadi. Aslida “Oʻlmas polk” yurishlarini taqiqlagan sobiq sovet davlatlari Ikkinchi jahon urushida erishilgan gʻalabaga qoʻshgan hissalarini inkor etmaydi, albatta. Ularning xavotirlari boshqa masala bilan bogʻliq. Sovetcha harbiy forma, askarlarning suratlari, Georgiy lentasi, urushni va Sovet Ittifoqini esga soluvchi boshqa razmlar... Bularning bari aslida ham bezormi?..
“Oʻlmas polk”ning paydo boʻlishi
Keling, dastlab “Oʻlmas polk” tadbiri qachon va qaerda kelib chiqqaniga qisqacha toʻxtalib oʻtsak. Bu yurish ilk bor 2012 yilning 9 mayida Rossiyaning Tomsk shahrida Sergey Lapenkov, Sergey Kolotovkin va Igorь Dmitriev ismli jurnalistlarning tashabbusi bilan oʻtkazilgan. Tadbir Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front ortida mehnat qilganlar, kontslagerlarga tashlanganlar va urush bolalarining rasmlarini koʻtarib oʻtish orqali ularni xotirlashni nazarda tutadi.
Vaqt oʻtishi bilan “Oʻlmas polk” yurishi ommalashib, nafaqat Rossiya boʻylab, balki boshqa davlatlarda ham oʻtkaziladigan boʻldi. 2014 yilga kelib esa Rossiyada “Oʻlmas polk” nomidagi jamoatchilik harakati – nodavlat-notijorat tashkilot roʻyxatdan oʻtkazildi.
2015 yilning 9 mayida Moskvadagi Qizil maydonda birinchi marta keng miqyosli “Oʻlmas polk” yurishi oʻtkazildi. Unda otasining portretini koʻtarib olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin ham qatnashdi. Yaъni oʻsha yili mazkur tadbirga davlat miqyosida eъtibor qaratilgani yaqqol namoyon boʻldi.
Aynan 2015 yilda “Rossiyaning oʻlmas polki” nomli harakat ham tashkil etildi. Mazkur harakat “Oʻlmas polk” yurishining davlat-mafkuraviy yoʻnalishini kuchaytirish, bu tadbirni xorijiy davlatlarda ham targʻib qilish bilan shugʻullanadi. “Oʻlmas polk” jamoatchilik harakati etakchilaridan biri Sergey Lapenkovning fikricha, ushbu tadbirga rasmiylarning aralashuvi dastlabki mohiyatining yoʻqolishiga va mutlaqo soxta aktsiyaga aylanishiga olib keldi.
Xullas, Rossiya Tomskida paydo boʻlgan “Oʻlmas polk” tadbiri boshqa davlatlar, xususan, sobiq sovet mamlakatlarida har yili targʻib qilib kelinyapti. Kimlardir albatta shu tadbirni tiqishtiradi. “Yoʻq, 9 mayni oʻzimizga xos, qadriyatlarimizga mos qilib, Xotira va qadrlash kuni sifatida oʻtkazamiz”, desangiz bormi, “Oʻlmas polk”ning mahalliy tashkilotlari ijtimoiy tarmoqlarda ayuhannos koʻtarib, oʻzlariga oʻxshaganlar bilan birga jazavaga tusha boshlaydi.
“Oʻlmas polk” va “yumshoq kuch” siyosati
Bir necha yil oldin “Milliy tiklanish” partiyasi etakchisi Alisher Qodirov “Oʻlmas polk” tadbirini tanqid qilib, shunday degan edi: “Oʻlmas polk” – “yumshoq kuch” namoyishi, sovet birligiga targʻibot quroli ekanligini tushunmagan qolmadi. Biz bunday namoyishlarga qarshimiz! Insoniyatning fashizm ustidan gʻalabasida oʻzbek xalqining sezilarli ishtiroki bor. Otalarimizning bosqinchilar va buzgʻunchi millatchilarga qarshi ozodlik uchun kurashlari qiyomatgacha xotiralanishi va qadrlanishi kerak. Biz uchun qadrlash ularning suratlarni shahar boʻylab kezdirish emas, ruhlariga duolar qilish, ular uchun u dunyoning yaxshiliklarini tilashdir. Shahidlarimizning pok xotirasini qadrlash kerak, manfur siyosiy maqsadlarga yana bir marta qurbon qilish emas!”
Rossiyalik olima, Janubiy federal universitet dotsenti Tatьyana Podshibyakina ham “Oʻlmas polk”ni Rossiya tomonidan turli mamlakatlarda amalga oshirilayotgan “yumshoq kuch” siyosatiga misol ekanligini taъkidlagan. Uning yozishicha, ushbu tadbirni xorijda targʻib qilishda Rossiyaning TASS, RIA Novosti, REGNUM singari axborot agentliklari va yirik nashrlari, shuningdek, xorijda yashaydigan rus jamoalarining axborot imkoniyatlaridan foydalaniladi.
“Yumshoq kuch” atamasining muallifi amerikalik olim Jozef Nay hisoblanadi. “Yumshoq kuch” – biror geosiyosiy maqsadga zoʻravonliklarsiz erishish yoʻli demakdir va shu jihati bilan “qattiq (harbiy) kuch”dan farq qiladi. Siyosatshunos Suhrob Boʻronovning fikricha, siyosatda “yumshoq kuch” – bu oʻz manfaatlaringizni boshqalarning manfaat va istaklariga aylantirish hisoblanadi. Bunda bir mamlakat ikkinchisiga taklif qilgan gʻoya oxir oqibatda yana birinchisining manfaatiga xizmat qiladi.
Xoʻsh, Rossiya “Oʻlmas polk” tadbiridan “yumshoq kuch” sifatida foydalanish orqali nimalarni koʻzlaydi?
Rossiyaning sobiq sovet mamlakatlarini oʻz taъsir doirasida saqlab turishni xohlashi sir emas. “Oʻlmas polk” ham ana shu istakka xizmat qiluvchi vositalardan biridir.
Rossiya “Oʻlmas polk” yurishi orqali sobiq sovet davlatlarini tarixiy xotira atrofida birlashtirishga, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning asosiy merosxoʻri oʻzi ekanligini eslatishga urinadi.
Yaъni “Biz bir paytlar bir davlat boʻlganmiz, Rossiyaning boshchiligida urushda gʻalabani qoʻlga kiritganmiz”, demoqchi boʻladi.
“Oʻlmas polk” orqali rus tilining mavqei saqlab qolishga harakat qilinadi, chunki mazkur tadbir odatda rus tilida oʻtkaziladi. Bu esa xorijdagi rusiyzabonlar oʻrtasida birlik hissini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Umuman, ushbu tadbir sobiq sovet davlatlarida yashaydigan ruslar va rusiyzabonlar hamda Rossiya oʻrtasidagi madaniy yaqinlikni saqlab qolish vositalaridan biridir.
“Oʻlmas polk” yurishi sovet davri razmlariga boy boʻlib, Sovet Ittifoqini sogʻinganlarda nostalьgiya uygʻotadi: Sovet Ittifoqi bayrogʻi, sovetcha harbiy forma, SSSR deb yozilgan kiyim kiyganlar va hokazo. Tadbir qatnashchilari Georgiy tasmasini koʻksiga taqib oladi, portretlarning bir chetiga shu tasma chizilgan boʻladi (ehtimol, bu bilan Rossiya oʻzining bosqinchilik tarixining ramzlaridan birini yaxshi koʻrsatishga urinar, lekin biz unutganimiz yoʻq: xuddi shu tasma oʻz vaqtida zaminimizga bostirib kelgan rus harbiylariga berilgan “Qoʻqon xonligini zabt etgani uchun”, “Markaziy Osiyoga yurishi uchun”, “Xiva xonligiga yurishi uchun” kabi medallarni “bezab” turgan edi).
Rossiya “Oʻlmas polk” singari tadbirlar orqali sobiq sovet davlatlarida oʻzining geosiyosiy taъsirini kuchaytirishga urinar ekan, oʻsha davlatlardagi mahalliy xalqlarning qadriyatlari bilan hisoblashib oʻtirmaydi. Aytaylik, oʻzbek xalqi oʻtganlarni xotirlash uchun ularning portretini koʻtarib yurmaydi, balki duoi fotiha oʻqiydi. Biroq Rossiyaga qoʻyib bersa, 9 mayni oʻzimiz xohlagandek emas, u xohlagandek oʻtkazishimiz kerak, shu bois “Oʻlmas polk”ni tiqishtirmoqchi boʻlaveradi.
Muhammad Sharif