08.05.2025 17:21
27
Muhojir ayollar yuborgan milliardlar – Oʻzbekiston uchun foydami yo zarar?!
Soʻnggi yillarda oʻzbekistonlik ayollarning tirikchilik uchun xorijga ishga ketishlari tobora ortib bormoqda. Jumladan, 2024 yil davomida oʻzbekistonlik ayollar vatanga jami 3 milliard AQSh dollari yuborgan. Bu mablagʻlarni oʻzbek xotin-qizlari asosan uy tozalab, bola yoki keksa boqib, idish yuvib, farroshlik qilib topishmoqda. Muhojir ayollarning oʻz mamlakatlari iqtisodiyotiga qoʻshgan hissasi – Oʻzbekistonning 65 ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilib topgan mablagʻidan ham koʻp.
xxx
Migratsiya qadimdan tabiiy jarayon boʻlib, inson yashash uchun suv va emish yaxshi boʻlgan joylarga koʻchib oʻtgan.
Zamon oʻzgarishi barobarida migratsiya ham yangi koʻrinishlar oldi. Odamlarning qorin toʻydirish uchun unumdor erga koʻchishlari faqat tirikchilik uchun emas, uy, toʻy, kontrakt toʻlash kabi maqsadlarda xorijga ketib ishlashga aylandi. Va migratsiyaning soʻnggi oʻn yillikdagi eng oʻzgargan shakli – ayollar mardikorligi boʻldi.
- Avvallari xorijga ishlash uchun Oʻzbekistondan erkaklar borardi. Soʻnggi yillarda ayollar soni sezilarli ravishda koʻpayib qoldi. Oʻzbekistondagi iqtisodiy, ijtimoiy vaziyat va ishsizlikdan kelib chiqib, ayollar ishlash uchun chetga ketishga majbur boʻlayapti, - deydi huquqshunos, migratsiya masalalari boʻyicha ekspert Botirjon Shermuhammad.
Rasmiy maъlumotlarga tayanib, hisob-kitoblar qildik.
Unga koʻra, xorijda mehnat qilayotgan oʻzbekistonlik ayollar soni taxminan 268 ming nafarni tashkil etadi.
Ular 2024 yil davomida Oʻzbekistonga jami 4 milliard AQSh dollarga yaqin mablagʻ yuborgan. 300 mingga yaqin oʻzbekistonlik ayol har biri yiliga oʻrtacha 11 ming dollardan oshiq pul joʻnatgan. Har bir ayolga oyiga oʻrtacha 933 dollardan toʻgʻri keladi.
Muhojirlikdagi oʻzbek ayollari bu pullarni qanday topayapti?
Bu haqda qariyb 15 yildan buyon Moskvada ishlayotgan Shahodat soʻzlab berdi.
- Rossiyada ayol kishining ishlab pul topishi qiyin. Oʻzimdan kelib chiqqan holda aytsam, ertalabki 8 dan tungi 11 gacha, dam olishlarsiz kuniga 14 soatlab ishlayman. Sogʻligimni yoʻqotayapman, tik oyoqda ishlaganim uchun tomirlarim chiqib ketgan. Oshpazman. Oshxonada kun davomida toʻrt devor orasida, deraza va toza havo yoʻq sharoitdaman. Tashqariga, yorugʻlikka chiqsam, koʻzimdan yosh oqib ketadigan boʻlib qolgan. Tanim zaiflashib ketgan. Bu ish soati va sharoitiga moslashish oson boʻlmagan, - deydi Shahodat.
Dunyoda muhojirlarning 48 foizini ayollar tashkil qiladi. Shundan 42 foizi ayol ishchi migrantlardir.
Hindiston, Xitoy, Meksika, Afrika, Filippin ayollari qatoriga xalqaro mardikor ayollar sifatida oʻzbekistonlik ayollar ham kirib bormoqda. Va bu mardikor xotin-qizlarning katta qismi musulmon ayollardir. Katta qismi Rossiyada boʻlgan oʻzbekistonlik ayollar ularga nisbatan boʻlayotgan haqsizliklar va poymol etilayotgan huquqlari haqida koʻp gapirishadi.
- Masalan, ishga kirayotganimizda mehnat shartnomasiga qoʻl qoʻymiz. Ish tartibi bilan tanishtirishgan. Shunga rozi boʻlib ishga kirganmiz. Shunday boʻldiki, homilador edim. Shunchalik koʻp ishlaganimdan, ish vaqtida homilam tushdi. Ahvolim ogʻir edi, ammo ish joyimni tashlab keta olmadim. Ketsam, oshxonada hech kim yoʻq, bir oʻzim ishlayman. Menejerlar ham ahvolimni koʻrib turibdi, ketaman desam, ruxsat bermadi, - deydi muhojir ayol.
Oʻzbekistonlik xotin qizlar eng koʻp muhojirlikka chiqayotgan davlat reytingida Turkiya turibdi.
Turkiyadagi migrantlar yanvardan oktyabrgacha boʻlgan vaqt ichida Oʻzbekistonga 331 mln AQSh dollari miqdorida pul yuborganlar.
Turkiyada ayollarga xos boʻlgan ishlar imkoniyati koʻpligi uchun oʻzbekistonliklar ishlash uchun bu mamlakatga ketishi ortdi. Bundan tashqari , oʻzbek ayollarining mehnatkashligi, odobi turkiyaliklarga maъqul keldi shekilli, oila qurishlar soni ham ortdi, - deydi yurist Botirjon Shermuhammad.
Mehnat muhojirligidagi oʻzbek ayollarining Oʻzbekiston iqtisodiyotiga qoʻshayotgan hissasi ularga nimalarni yoʻqotish evaziga boʻlayapti?
Moskvada ishlayotgan Shahodat bu savolga javob berayotib yigʻlab yubordi.
Oilada bosh farzandman. Singillarimni uzatdik, ukamni uylantirdik. Toʻylariga hissa qoʻshdim, ammo oʻzim bora olmadim. Onam 10 yil yotib qolgan hasta edilar, soʻnggi kunlariga etib bordim. Ammo ikki xaftagina birga boʻldim, olamdan oʻtdilar. Moskvaga ketganimda qizcham 5 yoshda edi. Uzatdik, oʻtgan yili nevarali boʻldim. 6 oylikdan oshdiki, hali nevaramni koʻrganim yoʻq. Koʻrgim keladi, ilojim yoʻq, ishlashim kerak, - deya oʻkinadi Shahodat.
Migrantlarning pul oʻtkazmalarisiz Oʻzbekistonda kambagʻallik darajasi 9,6 foiz emas, balki 16,8 foiz boʻlardi
Jahon banki Evropa va Markaziy Osiyo mintaqasidagi zamonaviy migratsiya tendentsiyalari, muammolari va imkoniyatlari tahlilini oʻz ichiga olgan yangi tadqiqotida shunday xulosaga keldi.
Oʻzbekiston Yalpi ichki mahsulotida migrantlar oʻtkazmalari ulushi 14 foiz, shundan migrant ayollar ulushi 5 foizni tashkil etadi.
Bu kichik koʻringan foizlar ayollar boʻyniga katta yuklarni ortdi. Ayollar oila boqish uchun xatto hayotlarini xavfga qoʻyishlariga toʻgʻri keladi.
Horijda ish bilan birga muhojir ayollarimizni har xil xavflar kutadi. Asosan, ayollarga tajovuz, ularning soddaligidan foydalanib aldab ishga chaqirib, sotib yuborilishi, jinsiy tajovuz qilinishi yoki ishlatib, ish haqini bermaslik kabi holatlar koʻp kuzatiladi, - deydi Botirjon Shermuhammad.
Oʻzbek ayollarini mamlakatdagi iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat yuklagan majburiyatdan xalos boʻlishlari uchun nima qilish kerak?
Qariyb 90 foizi musulmon boʻlgan oʻzbekistonlik ayollarning xorijda ishlab oila boqmasliklari uchun islomda qanday echim bor?
Bu savolni diniy olim Mubashshir Ahmadga berdik.
- Ulamolar muslima ayol tugʻilganidan vafot etguniga qadar oʻzining mahrami boʻlgan kishilar zimmasida nafaqasi vojib boʻlib, hech qanday ishlashlikka, hechqanday harakatni bajarishda jiddu jahd qilishga majbur emas, deyishadi.
Masalan, qiz farzand tugʻilganidan to voyaga etguniga qadar uning nafaqasi otasining zimmasida boʻladi. Agar shu davr mobaynida otasi vafot etadigan boʻlsa, akasining zimmasiga oʻtadi. Agar akasi boʻlmasa yoki u ham vafot etgan boʻlsa, boshqa yaqin kishilarning zimmasiga nafaqasi vojib boʻladi.
Qiz voyaga etib, turmushga chiqqanidan keyin erining zimmasiga nafaqa vojib boʻladi. Agar eri yoshi etib vafot etadigan boʻlsa, nafaqasi oʻgʻil farzandlarning zimmasiga vojib boʻladi. Yaъni hayotining har bir bosqichida ayol kishi hech qanday nafaqa dardida, qiyinchilik orqasidan yurishlikka majbur emas, - deydi diniy olim Mubashshir Ahmad.
Muhojirlikdagi oʻzbek ayollari-chi? Qanday sharoitlarda ishlash uchun chetga ketmasdilar?
Shahodat bu savolga: “Oʻzbekistonda ish imkoniyatlari va oylik maoshlar tirikchilikdan ortib, insonday yashash uchun etarli boʻlganida”, - deb javob berdi.
Oʻzbek ayollarining tirikchilik uchun xorijga ishlashga ketishlarini hech boʻlmasa kamaytirish uchun nima qilish kerak? Migratsiya masalalari boʻyicha yurist Botirjon Shermuhammad bu borada bir qancha echimlarni keltirdi.
- Avvalo, taъlim sifatini yaxshilash kerak, - deydi huquqshunos. – Shu bilan birga, kasb-hunarga oʻrgatish, ish imkoniyatlari yaratish yoʻllarini kengaytirish lozim.
Oʻzbek jamiyatining eng ogʻriqli muammolaridan biri – ayollar migratsiyasidir. Oʻzbekistonlik ayollarining mehnat muhojirligiga ketishi jarayoni qanday davom etadi? Va bu davomiylik qancha vaqt suradi?
Yaqin yillarda musulmon ayollarning ishlab pul topish uchun yurtma yurt yurishlariga chek qoʻyishning imkoni topiladimi?
Sohiba Hayot