14.06.2025 14:14
460

Eron-isroil mojarosi: Yaqin Sharqda katta urush sharpasi kezmoqda

Isroil Eronning yadroviy va harbiy obъektlariga aviazarbalar berdi. Bir necha harbiy rahbar va atom sohasi olimlari oʻldirildi. Isroilning terrorchi Bosh vaziri Netanьyaxuning aytishicha, operatsiya qancha kun kerak boʻlsa, shuncha davom etadi. Ali Xamenei Isroilga jiddiy javob berishni vaъda qildi. Operatsiya ikki tomonlama qarama-qarshilikni jiddiy ravishda kuchaytirdi. Shu bilan birga, Tehron Isroil "qimmat narx toʻlashi"ga qasam ichdi, Vashington esa Eronni AQSh manfaatlari yoki shaxsiy tarkibiga zarba berishdan ogohlantirdi. 

Juma kuni ertalab Isroil Eronning yadro dasturi va ballistik raketalar uchirish joylariga bir qator aviazarbalar berdi. Bu Yaqin Sharqda kengroq urushni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan uzoq davom etgan qarama-qarshilikning jiddiy kuchayishiga olib keldi. Oʻz navbatida Eron ham Isroilga dron va ballistik raketalar uchirib, Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimining “afsonaviy qalqon” haqidagi gap soʻzlarni chippakka chiqardi. Chunki Eronning yuzlab raketa va dronlari Tolь-Avivning moliyaviy mavzesi, TsAXALning qarorgohi, Iqtisodiyot vazirligi, Tel-Nof aviabazasi, Xayfadagi PVO joylashgan hudulgacha etib bordi va dushmanga kuchli shikast etkazdi. Demak, harbiy salohiyat nuqtai nazaridan, Eron Isroilga zarba berish imkoniyatiga ega. Ularning qurollari orasida uzoq masofaga uchuvchi raketalar, dronlar va boshqa hujum vositalari mavjud. Ammo Eron bergan zarbalar koʻlami Isroil hujumi oldida hech narsa emas. Yuksak harbiy texnologiyalarga ega boʻlgan va AQSh, Buyuk Britaniya kabi qudratli davlatlardan madad olib keladigan Isroil bilan 46 yildan beri xalqaro sanktsiyalar soyasida kun koʻrayotgan, deyarli stategik bombardimonchi va qiruvchi samolyotlar parki boʻlmagan Eron oʻrtasidagi harbiy imkoniyatlarni taqqoslab boʻlmaydi. Isroil kuchli mudofaa va hujum qilish qobiliyatiga ega. Ularning "Temir gumbaz" kabi raketaga qarshi mudofaa tizimlari va kuchli harbiy-havo kuchlari mavjud. Birgina 200 dan ziyod samolyotning Erondagi oʻnlab, yuzlab harbiy nishonlar va Eronning yadroviy obъektlarga amalga oshirgan, 20 dan ziyod yuqori martabali qoʻmondonlar va generallarning, shu jumladan yadroviy sohadagi olimlarning oʻldirilishi, Isroil josuslik xizmatlarining Eron ichkarisiga dronlarning olib kira olgani uning kuchli qudratidan dalolat beradi. Agar Eron va Isroil oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri harbiy toʻqnashuv oylarga choʻziladigan boʻlsa, bu mintaqa va jahon uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi, Isroilni holdan toydirib, bu mamlakatda chuqur siyosiy inqirozga sabab boʻlishi aniq. Bu urushga boshqa davlatlar ham aralashib ketishi ehtimoli yuqori. Shu sababli, koʻp davlatlar va xalqaro tashkilotlar bu kabi keskinlikni yumshatishga va muammolarni diplomatik yoʻl bilan hal qilishga harakat qilmoqda.Ammo Isroil qisqa muddatda (zarbalar ikki hafta davom etishi mumkinligi aytilyapti) oʻz maqsadlariga erishsa, bu Eronda “mullalar rejimi” inqiroizining boshlpanishiga sabab boʻlishi mumkin.  

Mahalliy va ijtimoiy tarmoqlar xabarlariga koʻra, portlashlar Tehron, Natanzda (Eronning asosiy yadroviy obъektlaridan biri joylashgan) hamda Qum markazidagi Fordo (asosiy yadroviy obekt)va boshqa shaharlarda sodir boʻlgan. Isroil armiyasining bildirishicha, kechasi amalga oshirilgan hujumlar 100 dan ortiq nishonni oʻz ichiga olgan. Eron davlat OAVlari bildirishicha, halok boʻlganlar orasida quyidagilar bor: Hussayn Salomi – Islomiy inqilob qoʻriqchilari korpusi bosh qoʻmondoni. Gʻulomali Rashid – "Xotamul-Anbiyo" markaziy qoʻmondonligi rahbari. Muhammad Boqiriy – Eron qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari. Eron islomiy inqilob qoʻriqchilari korpusi bilan bogʻliq "Tasnim" axborot agentligi maъlum qilishicha, hujumlar davomida 6 nafar yadroviy olim ham halok boʻlgan, ulardan 5 nafari aniqlandi: Fareydun Abbosiy – Eron Atom energiyasi tashkilotining sobiq rahbari. Muhammad Mahdiy Tehronchi – Eron yadroviy qurol dasturida ishtirok etgan. Abdulhamid Minuchehr – Shahid Behishti universitetining yadroviy muhandislik boʻlimi rahbari. Ahmad Rizo Zulfaqoriy – yadroviy muhandislik professori, Shahid Behishti universiteti. Amirhusayn Faqhiӣ – yadroviy fanlar professori, Shahid Behishti universiteti. Bundan tashqari, Oliy rahbar Oyatullo Ali Xomanaiyning katta maslahatchisi Ali Shamxoni ham jiddiy jarohat olgani haqida xabar qilinmoqda.

Eronga qilingan hujum ilgari koʻrilmagan miqyosda boʻldi. Bu soʻnggi yillarda hamma qoʻrqqan stsenariy boʻldi. Isroil hushyor tortdi: Tehronning reaktsiyasi avvalgi javob zarbalaridan farq qilishi mumkin. Bu hujum soʻnggi yillarda dushman davlatlar bir-biriga bergan zarbalardan oshib ketdi. Harbiy bazalardan tashqari, Isroil Eronning yadro obъektlariga ham hujum qildi. Xuddi 1981 yilda Iroqning Osirak reaktoriga zarba bergani yoki 2007 yilda Suriyada qurilayotgan yadro obъektiga havo hujumi uyushtirgan kabi. 13 iyunь kuni Eronning yadro obъektlariga qilingan hujum bilan oʻnlab yillar davomida qoʻrqqan stsenariy amalga oshdi. Afsuski, Isroil reaktiv qiruvchi-bombardimon samolyoti Suriya havo sarhadlarida  Erondagi nishonlarga zarba berish uchun bemalol havoda yoqilgʻi quymoqda. sroil harbiy samalyotlari Eronga zarba berish uchun Suriya havo sarhadlarini bemalol buzib, kesib oʻtmoqda. Suriya hukumatining agʻdarilishi va "HTSh"ning hukumatga kelishida faqat Isroilga foyda boʻldi.

Nega Isroil aynan hozir hujum qildi? Aviazarbalar boshlanganidan koʻp oʻtmay, Isroil hukumati bosh vazirning etti daqiqalik, jumladan ingliz tilidagi murojaatini eъlon qildi. Isroil boshlagan operatsiya "Qalqigan sher" deb nomlandi. Netanъyaxu fikricha, operatsiya "Isroilning mavjudligiga Eron tahdidini bartaraf etish"ga qaratilgan va "qancha kun kerak boʻlsa, shuncha davom etadi". Hukumat rahbari Eronning atom bombasini yaratish yoʻlidagi muvaffaqiyatlari haqida taxmin qilib, natsistlar bilan taqqosladi: "Bugun yahudiy davlati yadroviy xolokost qurboniga aylanishni rad etadi". Netanьyaxu Eronning ballistik raketalari ham katta xavf tugʻdirishini aytib, bevosita oʻz ittifoqchisi AQShga murojaat qildi: "Tasavvur qiling, Nьyu-Jersi kabi davlatga 10 000 tonna trotil tushsa. Bu dahshatli tahdid. Va uni zararsizlantirish kerak".  Ammo bu hujum ortida boshqa qator sabablar bor. Birinchidan, Netanьyaxu kabi jallod hukmdorlarga hokimiyatni saqlab qolish uchun Eron bilan boʻlgani kabi urushlar kerak. Bugun korruptsiyada ayblanayotgan Netanьyaxu holkimiyatni tark etishi bilanoq sudga tortilishi muqarrar. Shuning uchun ham XAMAS bilan oʻt ochishni toʻxtatishga koʻnmayapti. Qolaversa, Eron tomonidan qoʻllab-quvvatlangan XAMASning 20 oy oldin Isroil janubiga qilgan terror hujumidan soʻng, u oʻta oʻng va ulьtraortodokslar bilan (iudaizmda diniy qonunlar, anъanalar va odatlarga rioya qilishda eng konservativ va izchil deb hisoblanadi.) yangi imtiyozlar evaziga oʻz koalitsiyasini mustahkamlashga muvaffaq boʻldi. Shunga qaramay, shu hafta radikal diniy arboblar, agar yosh ulьtraortodokslarni harbiy xizmatdan ozod qilish boʻyicha kelishuvga erishilmasa, hukumatdan chiqib ketish bilan tahdid qilishdi. Bu Tehrondagi rejimni tinchlantirish yoki chalgʻitish uchun oʻyin boʻlishi mumkin edi. Odatda mamlakatdagi siyosiy voqealardan yaxshi xabardor boʻlgan jurnalist Amit Segal 12-kanalda Netanьyaxuning taъtilga ketayotgani haqidagi eъloni, shuningdek, dushanba kuniga rejalashtirilgan kichik oʻgʻli Avner Netanьyaxuning toʻyi ham ehtimoliy chalgʻituvchi harakatlar boʻlishi mumkin edi. Endi taъtil oʻrniga hujum boʻldi.

Ikkinchidan, maqsad faqat Eronning yadroviy dasturlarini yoʻq qilish emas. Uni harbiy tomondan kuchsizlantirish, Yaqin Sharqdagi kuchsiz, mintaqa ishlariga aralasha olmaydigan davlatga aylantirish. Yodingizda boʻlsa, bu yoʻlda Isroil Eronning proksilari hisoblangan Livandagi “Hizbulloh”, Gʻazodagi XAMAS, Yamandagi “Ansarulloh” harakatlarini zaiflashtirdi. Suriyada Eronning taъsirini yoʻqqa chiqarish uchun alaviylardan iborat Bashar Asad hokimiyatini agʻdardi. Bu bilan Suriyadagi Eron ishtirokiga batamom nuqta qoʻyildi va Eronning qoʻli mintaqada qirqildi. Endi esa Isroil Eronning oʻzi bilan hisob-kitob qilishga kirishdi. Isroil va AQShning Eronning kuchsizlantirish urinishglari ortida turgan yana bir sababga toʻxtalishimiz joiz. U ham boʻlsa Yaqin Sharqda, Suriya, Turkiya, Eron va Iroq chegaralari tutashgan nuqtada, kurdlar yashaydigan hukdudlarda Kurdiston davlatini tashkil etish va bu tuzilma orqali mintaqada gerosiyosiy ustunlikni qoʻlga kiritish. Eronning hozirgi rejimi kuchsizlansa, Eronda ayirmachilik boshlanishi, ayniqsa, Eron-Pokiston chegarasidagi Belujiston provintsisi va kurdlar mustaqillik uchun kurash boshashi ehtimoli yuqori. Suriya hududidagi kurd harbiy boʻliinmalari Isroil harbiy mutaxassislari tomonidan harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotganri va Isroil harbiy madad koʻrsatayotgani buning isbotidir. Isroil hujumlari Eronning transport-logistika tizimlariga ham zarba berishni koʻzda tutadi. Bu xalqaro transport koridorlari, ayniqsa, Rossiya tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Shimol-Janub” loyihasini yoʻqqa chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, ushbu hujumlar ortida Rossiya, Xitoy va Eron yaqinlashuvini barbod qilish niyati ham yoʻq emas. Zero, AQSh prezidenti bir necha bor bu uchlik ittifoqiga yoʻl qoʻymasligini taъkidlagan. Hozirgi vaziyatning Rossiyaga ham ijobiy, ham salbiy jihatlari bor. Rossiya siyosiy jihatdan qiyin vaziyatga tushib qoldi, chunki Tehron bilan strategik hamkor, uni hech boʻlmasa, diplomatik tomondan qoʻllab-quvvatlashi kerak. Shunday boʻldi ham. Prezident Putin Isroil bosh vaziri bilan suhbatda Isroil agressiyasini ochiqchasiga qoraladi. Ammo ayni paytda Isroil bilan yaxshi aloqalarni saqlab turibdi. Rossiya TIV Eronga hujumni asossiz va oʻz vaqtida emas deb atadi va Isroilning harakatlari yadroviy kelishuv boʻyicha koʻp tomonlama diplomatik saъy-harakatlarga putur etkazganini aytdi. Boshqa tomondan Rossiyaning Eronda iqtisodiy manfaatlari bor. Rossiya Ironning gaz loyihalariga 8 milliard dollar investitsiya kiritmoqda. Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo mamlakatlariga Eron orqali gaz etkazib berish hajmi Evropa bozorining yoʻqotilishini qoplashga yordam beradi. Yaqin Sharqdagi mojaro AQShni Ukrainadan yuz oʻgirib, Isroilni qoʻllab-quvvatlashga eъtibor qaratishga majbur qiladi. Vashington allaqachon mojaroga aralashgan, chunki u Telь-Avivga nafaqat Amerika qurollari bilan, balki razvedka maъlumotlari bilan ham yordam bermoqda. Hatto Ukrainaga moʻljallangan “Petriot” PVO tizimlari Isroilga berib yuborildi. Bu bilan Rossiyaning Ukrainadagi operatsiyalari Moskva uchun ijobiy yakun topishi mumkin. Shu bilan birga, Rossiya iqtisodiyoti xom neftь narxining oshishidan foyda koʻradi. Isroilning Irondagi yadroviy obъektlarga zarbalari fonida Brent markali neftь narxi 13% ga oshib, bir barreli 78 dollarga etdi, bu 2022 yil mart oyidan beri kun davomidagi eng katta sakrash boʻldi. Rossiyaning ichki bozori ham neftь narxining oshishi va yoqilgʻi kompaniyalari aktsiyalarining oʻsishi fonida oʻsa boshladi. Agar Eron xom neftь va suyultirilgan tabiiy gaz transportining eng muhim yoʻnalishlaridan biri boʻlgan Hurmuz boʻgʻozini toʻsib qoʻyishga qaror qilsa, yoqilgʻi narxlarining oʻsish tendentsiyasi saqlanib qoladi. Ammo OPEKning neftь qazib olishni koʻpaytirish siyosatini hisobga olsak, u uzoq davom etmaydi. Yaqin Sharqda mojaroning kuchayishi fonida "xavfsiz aktivlar", xususan, oltin narxlari ham oshdi. Bu soʻnggi yillarda oltin zaxirasini koʻpaytirib kelayotgan Rossiya uchun ham yordam boʻlishi mumkin. Ammo bu kichik yutuq Yaqin Sharqda beqarorlikning saqlanib qolishi va vaziyatning yadroviy mojarogacha keskinlashish xavfini keltirib chiqaradi.  

Bir necha kun oldin Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlikning (MAGATE) hisoboti xavotirni uygʻotdi. Venalik ekspertlar soʻnggi haftalarda Eron qurollarda ishlatish uchun yaroqli boʻlgan uran ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirganini yozishdi. Hisobotga koʻra, Tehron ixtiyorida tozaligi 60% boʻlgan qariyb 409 kilogramm uran mavjud. Ikki hafta ichida uran qurollarda ishlatish uchun yaroqli boʻlgan 90% gacha boyitilishi mumkin. Ekspertlarning xavotirlanishicha, haqiqiy bomba yasash uchun bir necha oy, koʻpi bilan bir yil kerak boʻladi. Juma kuni ertalab Isroil qurolli kuchlari vakili shunday dedi: "Rejim bir necha kun ichida 15 ta bomba yasash uchun etarli miqdorda yuqori boyitilgan yadroviy materialga ega". Oʻz navbatida, Netanьyaxu oʻz nutqida "toʻqqizta bomba yasash uchun etarli miqdorda boyitilgan uran" haqida gapirdi. Bundan tashqari, Eron ballistik raketalar ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirdi va harbiy vakilning soʻzlariga koʻra, mamlakatda "yuzlab yoki minglab raketalar" mavjud. Xitoylik savdogar Li Fanvey Eron raketa dasturining asosiy yordamchilaridan biri edi. Davlat departamenti maъlumotlariga koʻra, Li Fanvey soxta kompaniyalarning keng tarmogʻini yaratgan, u orqali Eronga ballistik raketalar yaratish uchun komponentlarni sotgan, bu 2023 yilda SPIEGEL tadqiqotida koʻrsatilgan.

AQSh ishtirok etdimi? Agar hatto AQSh prezidenti Donalьd Trampga xabar berilgan boʻlsa ham, u keyinchalik aytganidek, u hujumdan oldin buni bildirmadi: "Biz hali ham Eron yadroviy masalasini diplomatik yoʻl bilan hal qilishga sodiqmiz! — deb yozdi Tramp Isroilning hujumidan taxminan toʻrt soat oldin oʻzining TruthSocial platformasida. — Butun hukumatimga Eron bilan muzokaralar olib borish koʻrsatmasi berildi". Yaqinda AQSh va Eron yadro dasturi boʻyicha muzokaralar olib borishdi. Omanda dushanba kuni ushbu muzokaralarning oltinchi raundi rejalashtirilgan edi. Trampning Davlat kotibi Marko Rubioning aytishicha, AQSh "Eronga zarbalarda ishtirok etmagan". Isroil "Eronga qarshi bir tomonlama choralarni koʻrdi". Uning qoʻshimcha qilishicha, AQSh mintaqadagi oʻz qurolli kuchlarini himoya qilishga eъtibor qaratadi.  AQSh prezidenti Donald Tramp Eronni yadroviy dastur boʻyicha kelishuvni tuzishga chaqirdi va Tehronga "ketma-ket imkoniyat bergani"ni taъkidladi. Yakshanba kuni AQSh va Eron oʻrtasidagi muzokaralar oltinchi bosqichga kirishi kutilmoqda edi. Garchi AQSh qurolli kuchlari zarbalarda ishtirokini rad etayotgan boʻlsa ham, uning operatsiyalarini qoʻllab-quvvatlamoqda.  “Allaqachon katta qirgʻin va vayrona boʻldi, lekin bu qon toʻkilishni toʻxtatishga hali vaqt bor. Keyingi rejalashtirilgan zarbalar yanada shafqatsiz boʻladi”, - dedi Tramp. “Eron hech narsa qolmasidan avval, kelishuv tuzishi kerak. Ilgari Eron Imperiyasi deb atalgan nomni saqlab qolish uchun buni amalga oshiring. Yana oʻlim, yana vayronaning keragi yoʻq. Juda kech boʻlishidan avval, shunchaki bajaring“, - deya Eronni muloqotlarga chaqirdi.  Tramp avvalroq Isroilning zarba berish rejalaridan xabardor boʻlganini aytgan, ammo AQSh harbiylari bu operatsiyada hech qanday ishtirok etmaganini alohida taъkidladi. Isroil bosh vaziri Binyamin Netanьyaxu eronliklarga murojaat qildi, uning soʻzlari The Times of Israel tomonidan uzatildi. U ularga "qariyb ellik yil davomida bu rejim sizlardan yaxshi hayot kechirish imkoniyatini tortib oldi" dedi.

Nimani kutish mumkin? Isroil Eronning javob zarbasiga tayyorgarlik koʻrdi. Havo hududi yopilgan. Kasalxonalar oʻz tez yordam boʻlimlarini bunkerlarga koʻchirmoqda. Fuqarolarga boshpanalarga yaqinroq joylashish tavsiya etildi. Quddusdagi AQSh elchixonasi ham barcha xodimlar va ularning oilalariga boshpanalarda yashirinishni buyurdi. Bosh shtab boshligʻi Eyalь Zamir Eronning reaktsiyasi avvalgi javob zarbalaridan farq qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Va qoʻshimcha qildi: "Men faqat muvaffaqiyatlarni vaъda qilmayman". Eron qasosining koʻlami hali aniq emas, ammo barcha belgilar keskinlik kuchayishini koʻrsatmoqda. Eron qurolli kuchlari matbuot kotibi general Abolьfazl Shekarchi davlat televideniesi orqali Isroil va AQSh "kuchli zarba olishini" aytdi. Qarshi hujum "albatta" sodir boʻladi. Eronning oliy rahbari Ali Xamenei oʻz bayonotida Isroil "ogʻir jazoni kutishi kerak"ligini eъlon qildi. Agar Eronning arsenalida uchirishga tayyor raketalar mavjud boʻlsa, keng koʻlamli qasosni kutish mumkin. Maъlumki, 2024 yil aprelь oyida Eron Isroilga yuzlab dronlar, qanotli va ballistik raketalar bilan hujum qildi va oktyabrь oyida hujumni takrorlab, 180 dan 200 gacha raketa uchirdi. Ularning aksariyatini ushlab qolishga muvaffaq boʻlindi, shu jumladan AQShning Isroil raketaga qarshi mudofaa tizimini qoʻllab-quvvatlashi tufayli. Bu safar ham AQSh Isroilni himoya qilishga faol yordam beryapti. Eron raketa va dronlarini yoʻlda urib tushirishga harakat qilmoqda. Ammo Isroil aviatsiyasi Eron markazidagi alohida qoʻriqlanadigan Eron yadroviy obъektini yoʻq qila oladimi yoki yoʻqmi, degan savol ochiqligicha qolayotir. Agar Isroil "Fordo"ni yoʻq qila olmasa (uranni boyitish boʻyicha alohida yaxshi qoʻriqlanadigan er osti obъekti), Eronni urush maqsadlarida uranni boyitish imkoniyatidan mahrum qila olmaydi. Hozircha bu obъektga amalga oshirilgan ikkita hujum ham samara bermadi.  

Trampning yanvarь oyida lavozimiga qaytganidan beri Eron bilan yangi yadroviy kelishuvga erishishga urinishlari muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Tomonlar hech qanday tarzda printsipial bahsni hal qila olishmayapti: AQSh Isroil bilan birgalikda Eronga uranni boyitishga ruxsat berilmasligi kerakligini taъkidlamoqda, Tehron esa bu huquqni oʻzida saqlab qolishni davom ettirmoqda. Islom Respublikasining taъkidlashicha, u atom elektr stantsiyalari uchun yoqilgʻi, jumladan fuqarolik maqsadlari uchun uranni qayta ishlashi kerak, hech boʻlmaganda past darajagacha. Eron payshanba kuni rasmiylar uranni boyitish boʻyicha yangi quvvatlarning ochilishini eъlon qilganida, keskinlikni yanada kuchaytirdi. Ilgari Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik (BMTning nazorat organi) Eron oʻz xalqaro majburiyatlarini bajarmayotganini aytgan edi. MAGATEning bahosi Eronga qarshi BMTning keng koʻlamli sanktsiyalarini qayta tiklashga zamin yaratdi. Eron uzoq vaqtdan buyon yadroviy dasturi faqat fuqarolik maqsadlariga qaratilganini taъkidlab keladi. Mamlakat boʻylab bir nechta yadroviy inshootlar mavjud boʻlib, ularning ayrimlari Isroilning hozirgi hujumlarida nishonga olingan. Biroq koʻplab davlatlar, shu jumladan Xalqaro atom energiyasi agentligi ham Eronning yadroviy dasturi faqat tinchlik maqsadlariga qaratilganiga ishonmaydi. Shu hafta agentlikning boshqaruv kengashi soʻnggi 20 yil ichida birinchi marta rasman Eronni yadroviy qurol tarqatmaslik boʻyicha majburiyatlarini buzgan, deb eъlon qildi. Uning bayonotida Eron tomonidan maъlum qilinmagan yadroviy materiallar boʻyicha toʻliq javob berilmagani va toʻyintirilgan uran zahirasi borasida koʻplab etishmovchiliklar qayd etilgani aytildi. Oldinroq eъlon qilingan hisobotga koʻra, Eron uranni 60% soflik darajasigacha toʻyintirgan. Bu miqdordagi material 9 ta yadroviy bomba yasashga etarli boʻlishi mumkin. AQSh muzokaralar olib borishga urindi, ammo ular boshi berk koʻchaga kirdi. Hech qanday kelishuvga erishilmadi.  Eron va Isroil bir necha oʻn yillardan beri yashirin urush olib borishmoqda. Shu bilan birga, Tehron Isroil davlatini tan olmaydi va Yahudiy davlatiga hujum qilish uchun Livandagi “Hizbulloh”, Gʻazodagi XAMAS va Yamandagi xusitlar kabi proksi kuchlardan foydalanmoqda. Isroil, oʻz navbatida, Eron hududida bir qator suiqasdlar va yashirin hujumlarda, jumladan atom olimlariga qarshi hujumlarda ayblanmoqda.

Xullas, Isroil va Eron oʻrtasidagi hozirgi mojaro oʻtgan yilgi vaziyatdan ancha farq qiladi, oʻshanda oʻzaro hujumlar koʻproq namoyishkorona tusga ega edi. Isroil bu vaziyatdan faqatgina bir necha kun ichida Eronning harbiy qudratini tor-mor qila olsagina gʻalaba bilan chiqa oladi. Agar urush surunkali tus olsa, Eronning imkoniyatlari oshadi, garchi u mintaqada kam sonli ittifoqchilarga ega boʻlsa ham. Isroil va Eron oʻrtasidagi mojaro toʻlaqonli urushga aylanib ketish xavfi mavjud, ayniqsa, agar Tehronni xusiylar qoʻllab-quvvatlasa. Ular Isroilning Eronga zarba berishidan ikki kun oldin Isroilning Ben Gurion aeroportiga ikkita raketa bilan hujum qilishgan edi. Mojaroning koʻlami Eronning javob qadamiga bogʻliq boʻladi. Qurolli toʻqnashuvga boshqa Yaqin Sharq oʻyinchilari – Misr, Livan, Suriya, Yaman, Pokiston va Afgʻoniston ham jalb qilinishi mumkin. Bunday holatda Yaqin Sharqdagi vaziyat koʻp yillarga beqarorlashadi. Tehronda kamida 2 mingta raketa bor, ular Isroil hududidagi nishonlarga, jumladan, harbiy aerodromlar, raketa komplekslari va Dimonadagi yadroviy markazga etib borishi mumkin. Shuningdek, Eron kimyo zavodlariga yoki Telь-Aviv uchun strategik va iqtisodiy jihatdan muhim boʻlgan Xayfadagi portga zarba berishi mumkin. Savol shundaki, bir kunda 20 nafar qoʻmondonini yoʻqotgan Tehron mojaroni davom ettirish istiqbollarini va javob zarbasining ehtimoliy oqibatlarini adekvat baholay oladigan ularga munosib oʻrinbosar topa oladimi?

Mavzuga aloqador