12.04.2025 07:34
74
Dizinformatsiya mashinasi ustidan gʻalaba: BMT vakili Isroil lobbisini qanday engdi?
Birlashgan Millatlar Tashkilotining eng koʻp tanqidlarga uchragan vakili Francheska Albanese bosib olingan Falastin hududidagi inson huquqlarining eng qatъiyatli himoyachisiga aylandi. Unga qarshi qoʻyilgan son-sanoqsiz ayblovlar, bir qator mamlakatlarga kirish taqiqlari va hatto oʻlim tahdidlariga qaramay, u BMTdagi vazifasini davom ettirish vakolatini saqlab qoldi.
2022 yil may oyida bosib olingan Falastin hududlari boʻyicha maxsus maъruzachi lavozimiga ilk bor tayinlangan italiyalik olima va xalqaro huquqshunos Francheska Albanese oʻz lavozimidan chetlashtirilish xavfi ostida qolgan edi.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari boʻyicha kengashi (BMT IHK) sessiyasi taniqli maxsus maъruzachi oʻz vazifasini saqlab qolish-qolmasligini hal qilishi haqidagi xabarlardan soʻng unga qarshi yana bir qoralash kampaniyasi boshlanib ketdi.
BMT IHK Albanesening 2028 yilgacha oʻz lavozimida qolishini rasman tasdiqladi va uning lavozimidan chetlashtirilishi mumkinligi haqidagi turli mish-mishlarga chek qoʻydi. BMTning maxsus maъruzachisiga (UNSR) nisbatan "antisemitizm", "HAMASni qoʻllab-quvvatlash" va "terrorizm" kabi asossiz ayblovlar ilgari ham qoʻyilgan boʻlsa-da, soʻnggi paytlarda Isroil tarafdori lobbi guruhlari oʻz kampaniyalarini yanada kuchaytirganini koʻrish mumkin.
AQShning BMTdagi missiyasi ham Albaneseni "Isroilni yomonotliq qiluvchi va HAMASni qoʻllab-quvvatlovchi jirkanch antisemitizm"ni targʻib qilish iddaosi bilan uni ishdan boʻshatish uchun bosim oʻtkazishga urindi.
Taъkidlash oʻrinliki, Albanese 2022 yilda BMTdagi lavozimini egallaganidan beri tanqidga uchrab kelmoqda. Bu hatto uni himoya qilgan 65 nafar yahudiy olimini quyidagi bayonotni imzolashga undadi:
"(Albanesega) qarshi olib borilayotgan kampaniya bugungi antisemitizmga qarshi kurash emas, balki uning ovozini oʻchirish va Isroilning inson huquqlari hamda xalqaro huquqni buzayotgani haqida xabar berayotgan BMTning yuqori lavozimli amaldori sifatidagi vakolatiga putur etkazish harakatlaridan iborat ekanligi yaqqol koʻrinib turibdi".
2023 yil 7 oktyabrda Gʻazoga qarshi urush boshlanganidan soʻng Albanesega qoʻyilgan ayblovlar misli koʻrilmagan darajaga etdi.
U urush jinoyatlariga qarshi oʻz ritorikasini yumshatishdan bosh tortdi va tarix 7 oktyabrda boshlanganini daъvo qilishga uringan Gʻarb hukumatlariga birinchilardan boʻlib qarshi chiqdi.
UNSR vakili HAMAS hujumining "antisemitizm" bilan bogʻliqligi haqidagi daъvolar notoʻgʻri ekanligini aytganidan keyin Frantsiyaga kirishi taqiqlandi.
Mojaroning dastlabki kunlaridanoq u Isroilning Gʻazoni etnik tozalash rejalariga qarshi ogohlantirish berdi va shu bois "HAMAS tarafdori", "antisemit" va "noxolis" deb qoralandi. Isroil hukumati va uning himoyachilari bunday siyosat mavjud emasligini, ushbu ayblovlar "antisemitik" ekanligini taъkidlashsa-da, Isroil ayni paytda ochiqchasiga etnik tozalash amalga oshirmoqda.
Albanese, shuningdek, 2024 yil mart oyida "Genotsid anatomiyasi" nomli BMT hisobotini eъlon qildi, bu bilan u yanada kuchli tanqidlarga roʻbaroʻ keldi.
Isroilparast guruhlar UNSRga tinmay hujum qilmoqda. Tel-Aviv siyosatini tanqid qiluvchi mashhur shaxslarni kuzatib boruvchi isroilparast "UN Watch" sayti hatto maxsus maъruzachi HAMAS targʻibotini tarqatayotgani, "antisemitizm va jihod terrorchiligi"ni qoʻllab-quvvatlayotgani haqida 60 sahifali hisobot chiqardi.
Uning shaxsiyatiga qaratilgan hujumlar uni "antisemit", "terrorchilar tarafdori" va hatto "Xolokostni inkor etuvchi" deb atashdan iborat boʻlib, bularning barchasi hech bir isbot-dalilga asoslangan emas. Shuningdek, unga shaxsiy hujumlar uyushtirilgan va moliyaviy mablagʻlari haqida asossiz daъvolar bildirilgan.
2024 yil iyulь oyida Albaneseni obroʻsizlantirish uchun goʻyoki Avstraliyadagi bir qator Falastin tarafdori boʻlgan faol guruhlardan mablagʻ olgani iddao qilindi. "UN Watch" sayti Avstraliyadagi bu guruhlar "HAMAS tarafdorlari" ekanini daъvo qildi, ammo bu daъvo ham isbotlanmagan edi.
Hech qanday dalil-isbot boʻlmasligiga qaramay, dunyoga mashhur Isroil va Gʻarb korporativ ommaviy axborot vositalarining ayrim qismlari UNSR "HAMAS tarafdori boʻlgan guruh"dan mablagʻ olishda ayblanayotgani haqidagi xabarni tarqatishdi. Bu daъvolar dalillar yoʻqligi sababli hech qanday natija bermadi, BMT rasmiysi esa oʻzining barcha ishi uchun haq olmasligini ochiq aytgan.
1 oktyabrь kuni Francheska Albanese BMT uchun "Mustamlakachilik yoʻli bilan genotsid qilish" nomli yana bir hisobotni eъlon qildi. Falastin xalqining inson huquqlari uchun kurashni davom ettirayotgan Albanese tez-tez safarlarga chiqib, konferentsiyalarda ishtirok etadi va intervьyular beradi, Gʻazoda davom etayotgan vahshiyliklar haqida muhim maъlumotlarni etkazib turadi.
Mart oyida "Betar" nomli ekstremistik sionistik guruh AQSh Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Leon Panetta "terrorizm" deb taъriflagan usullarni ochiqchasiga maqtab, Albanesega peydjer berish bilan tahdid qildi.
Bu tahdid Isroil tomonidan Livanda tartibsiz ravishda amalga oshirilgan portlovchi peydjerlar hujumlariga asoslangan boʻlib, bu hujumlar natijasida tinch aholi va Hizbulloh aъzolari halok boʻlgan, jarohatlangandi.
Bosib olingan Falastin hududlari boʻyicha BMT maxsus maъruzachisining oʻz lavozimida qolishi, Isroil tarafdori boʻlgan tashkilotlar va Gʻarb hukumati amaldorlarining bunga qarshi olib borgan faol harakatlariga qaramay, erishilgan haqiqiy gʻalabadir. Shu bilan birga, bu Albanesega qarshi qoʻyilgan ayblovlarning asossiz ekanligini ham tasdiqlaydi.
Robert Inlakesh, yozuvchi, jurnalist