25.04.2025 09:09
376

AQSh inqirozga yuz tuyaptimi?

"Butun dunyo AQSh hukumati nima qilayotganini bilmaydi, degan xulosaga keldi". Mark Blayt, "Inflyatsiya: Foydalanuvchilar va yutqazuvchilar uchun qoʻllanma" (New York Times, 2025 yil 14 aprelь).


Professor Mark Blaytning bu soʻzlari Tramp maъmuriyatining obligatsiyalar bozorini mutlaqo notoʻgʻri boshqarishi va Xitoy bilan savdo urushini boshlashi natijasida jahon moliya bozorlarida yuzaga kelgan tartibsizliklarga qaratilgan edi.  Biroq Blaytning bu ayblovini soʻnggi uch oy ichida Tramp boshqaruvi davridagi barcha sohalarga nisbatan qoʻllash mumkin.  Trampning ikkinchi prezidentlik davri Qoʻshma Shtatlar tarixidagi eng tajribasiz va layoqatsiz vazirlar, idora rahbarlari tayinlanishi bilan boshlandi.  Uning 2017 yildagi birinchi muddatga inauguratsiya nutqida "Amerika halokati" haqida gap borgan edi. Mana, sakkiz yil oʻtib, biz haqiqatan ham Amerika halokati bilan yuzma-yuz keldik.


90 kundan kamroq vaqt ichida Tramp davridagi Qoʻshma Shtatlar butunlay boshqa bir mamlakatga aylandi.  Amerika tuzatish qiyin boʻlgan inqirozga roʻbaroʻ kelmoqda, desak mubolagʻa boʻlmaydi.  Jumladan, ijro hokimiyati odatda urush davri talablari bilan bogʻliq boʻlgan vakolatlarni oʻz zimmasiga oldi.  Respublikachilar partiyasining deyarli toʻliq taslim boʻlishi tufayli qonun chiqaruvchi hokimiyat asosan oʻz kuchini yoʻqotdi.  Sud tizimi esa sudlar hamda sudyalarni hurmat qilmaydigan prezident va vitse-prezidentning misli koʻrilmagan tahdidiga duch kelmoqda.  Tramp Kongress tomonidan federal idoralardagi suiisteъmolliklarni aniqlash vazifasi yuklatilgan kamida 15 nafar bosh inspektorni ishdan boʻshatdi.  Bu korruptsiya va suiisteъmolliklar uchun katta yoʻl ochib berdi.


Qoʻshma Shtatlar mamlakat inqirozini koʻrsatuvchi ekzistentsial, konstitutsiyaviy va oʻzlik inqirozlariga duch kelmoqda; buning taъsirini ichki va xalqaro beqarorliklardan allaqachon koʻrish mumkin.


KONSTITUTsIYaVIY INQIROZ


Donalьd Trampning sal avval Oliy sudning salьvadorlik muhojir Kilmar Abrego Garsiyani qaytarish uchun choralar koʻrish toʻgʻrisidagi qarorini tan olmagani yangi prezidentning Oq uyga qaytishidan xavotirga tushgan koʻpchilik tomonidan kutilgan konstitutsiyaviy inqirozning boshlanishi boʻldi.  Abrego Garsiya Salьvadordagi eng xavfli qamoqxonaga noqonuniy ravishda deportatsiya qilingan va hali ham uning biror jinoyati haqida hech qanday dalil yoʻq.  U hech qachon qamoqqa olinmagan yoki jinoyatda ayblanmagan.  Salьvador prezidenti Nayib Bukele 14 aprelь kuni Trampga Abrego Garsiyani qaytarmasligini aytdi.  Trampning yonida oʻtirgan bosh prokuror Pem Bondi esa bu Salьvador qarori ekanligini taъkidladi. Tramp maъmuriyatining oʻta shafqatsizligi va berahmligining yaqqol misoli sifatida Bondi: "Agar ular uni qaytarmoqchi boʻlishsa, biz yordam beramiz, yaъni samolyot bilan taъminlaymiz", deb qoʻshimcha qildi.


Oʻtgan hafta Tramp federal sudlar qarorlarini hurmat qilmasligini, biroq Oliy sud qarorlariga boʻysunishini aytgan edi.  Ikki kundan soʻng Tramp maъmuriyati qatъiy turib, Abrego Garsiyaning qaytishini taъminlash uchun Salьvador hukumatini jalb qilish shart emasligini bildirdi.  Abrego Garsiyaning deportatsiyasi "rasmiy oʻgʻirlash" ishiga aylandi, chunki u Qoʻshma Shtatlardan tegishli sud jarayonisiz olib ketildi.  Trampning boʻysunmaslik ohangini uning Adliya vazirligi qoʻllab-quvvatladi. Vazirlik ijro etuvchi hokimiyat vakolatlarini noqonuniy va hatto konstitutsiyaga zid yoʻllar bilan kengaytirishga urinmoqda.


EKZISTENTsIAL INQIROZ


Konstitutsiyaviy inqiroz Qoʻshma Shtatlarni ekzistentsial inqirozga duchor qilmoqda.  Bu holatda maъmuriyatning etakchi aъzolari, xususan, bosh prokuror va prezident devoni rahbarining oʻrinbosari qonun ustuvorligi va erkinlikning asosiy tushunchalarini shubha ostiga qoʻymoqda.  1860-yillardagi fuqarolar urushi davrini hisobga olmaganda, AQSh tarixida bunday miqyosdagi muammo hech qachon kuzatilmagan. Soʻnggi 150 yil davomida AQSh siyosatchilari va tarixchilari Qoʻshma Shtatlarni ajratib turadigan va AQSh anъanalari hamda qadriyatlarini eksport qilishni oqlaydigan oʻzining beqiyosligi bilan faxrlanib kelishgan. Endi esa "Beqiyoslik" siyosiy nutqlar va tarixiy hikoyalarda uslubiy vosita sifatida ishlamay qoldi.


Soʻnggi 80 yil ichida Qoʻshma Shtatlar dunyoni fashizm va kommunizm tahdidlaridan xalos etishda hal qiluvchi rol oʻynaganidan gʻurur hissini tuyib kelgan.  Biroq Tramp maъmuriyati AQShning maqsad va vazifalari borasida strategik chalkashliklarni keltirib chiqardi. Atlantika ittifoqining holati endi shubha ostida; Xitoy bilan savdo va bojxona urushi kuchaymoqda; Ukrainaga boʻlgan bosim esa Evropa va Osiyodagi ittifoqchilar orasida AQShning qoʻllab-quvvatlashiga shubha uygʻotdi.


ShAXSIYaT INQIROZI


Shaxsiyat inqirozi Trampning oʻta pastkashligi bilan belgilanadi.  U oʻz maъmuriyatining qochqinlarga nisbatan noqonuniy va konstitutsiyaga zid munosabatidagi shafqatsizlik uchun shaxsan javobgar.  Ozodlik haykali haqida mashhur bir sheъr yozilgan, u haykalning kutib olish va umid ramzi ekanligini ifodalaydi. Buning aksi oʻlaroq, endilikda oʻz mamlakatlarida zoʻravonlikka uchragan qochqinlar AQShda yanada koʻproq zoʻravonlikka duchor boʻlmoqdalar.  Tramp birinchi yilida bir million muhojirni deportatsiya qilishga vaъda berdi, ammo mablagʻ va kadrlar etishmasligi bu maqsadni amalga oshirishga toʻsqinlik qilishi mumkin.  Shtab boshligʻi oʻrinbosari Stiven Miller deportatsiya jarayoniga rahbarlik qilib, 30 ta davlatni oʻz fuqarolari boʻlmagan muhojirlarni qabul qilishga majburlayapti. Abrego Garsiyaning ishi esa Tramp jamoasining oʻta pastkashligini yaqqol koʻrsatadi.


Davlat kotibi Marko Rubioning chet ellik talabalar vizalarini bekor qilishi soʻnggi paytlarda u amalga oshirgan yagona faoliyat boʻlib, AQShning yangi qiyofasini ham namoyon etmoqda.  60 kundan kamroq vaqt ichida 1000 dan ortiq xalqaro talabalarning vizalari goʻyoki kollej kampuslarida antisemitizmga qarshi kurashish bahonasida bekor qilindi.  Kolumbiya universiteti talabasi Mahmud Xalil bu qatagʻonning birinchi qurboni boʻldi va bu holat koʻplab xalqaro talabalarning oʻz-oʻzini deportatsiya qilishiga sabab boʻldi.  Bu esa aynan Tramp, Rubio va Miller istagan narsa edi. Natijada chet ellik talabalar AQSh universitetlarini oʻzlarining oliy taъlim maskani sifatida koʻrmay qoʻydilar, ayniqsa Kanada va Avstraliya ancha koʻproq xavfsizlik va qoʻllab-quvvatlashni taklif qilayotgan bir paytda.


Amerika fuqarolarining oʻzlari ham Tramp jamoasining pastkashligini his qilmoqdalar.  Tramp prezident Jo Baydenning oʻgʻli va qizini xavfsizlik himoyasidan mahrum qildi va hatto Xanter Baydenni oʻlim jazosiga loyiq, dedi.  Shu sababli Bayden lavozimini tark etishdan oldin oʻgʻlini afv etishga majbur boʻldi. Trampning soʻzlari milliy xavfsizlik boʻyicha sobiq maslahatchi Jon Bolton, doktor Entoni Fauchi va general Mark Milli uchun jiddiy xavotir tugʻdirdi. Bundan tashqari, maxsus maslahatchi Jek Smitning Trampga qarshi jinoiy tergovida ishlagan oʻndan ortiq prokuror ishdan boʻshatildi.


AQShdagi har bir muhim muassasa, hatto Amerika muzeylar alyansi bosh direktori aytganidek, "bu mamlakatdagi eng ishonchli axborot manbalari" hisoblangan kutubxonalar va muzeylar ham Tramp maъmuriyatidagi johillar tomonidan nishonga olinmoqda.  Ilgari Sovet Ittifoqi "oldindan aytib boʻlmaydigan oʻtmish"ga ega boʻlgan dunyodagi yagona davlat, deb aytilardi, ammo endi bu ayblov Qoʻshma Shtatlarga ham taalluqli boʻlishi mumkin.  Oʻtgan oyda Tramp "Amerika tarixiga haqiqat va aql-idrokni qaytarish" deb nomlangan farmon chiqardi. Bu farmon mamlakat tarixiy rivojlanishining qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutadi.


Trampning oʻzi Smitson instituti, Afroamerikaliklar tarixi va madaniyati milliy muzeyini qayta jihozlash va qayta koʻrib chiqishni maqsad qilgan.  Hozirda Smitson kengashida oʻtirgan vitse-prezident J.D. Vens muassasaning "xato mafkurasini" yoʻq qilish uchun masъul qilib tayinlandi.  Nufuzli universitetlar, muvaffaqiyatli nazorat organlari, sogʻliqni saqlash boʻlimlari va mashhur yuridik firmalar ham bu jarayonda nishonga olinib, zaiflashtirilmoqda.  Donalьd Tramp hatto Kennedi markazini toʻgʻridan-toʻgʻri nazoratga olishga erishdi, bu uning patologik irqchi ekanining yorqin namunasi edi.


Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1991 yilda Sovet Ittifoqining qulashi "XX asrning eng katta geosiyosiy falokati" boʻlganini aytgan edi.  Ehtimol, Sovet Ittifoqining qulashi Qoʻshma Shtatlarga oʻz manfaati uchun haddan tashqari koʻp kuch berdi.  Bu esa Shimoliy Atlantika shartnomasi tashkilotini kengaytirishda, Afgʻonistondagi yigirma yillik urushda va undan keyin Iroqda davom etgan harbiy ishtirokda hokimiyatni suiisteъmol qilishga olib keldi. XXI asrdagi eng katta geosiyosiy falokat AQShning siyosiy va iqtisodiy inqirozi boʻlishi mumkinki, bu butun xalqaro hamjamiyat uchun uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi aniq. 


Tramp maъmuriyati tomonidan boshlangan ichki tartibsizliklardan tashqari, Qoʻshma Shtatlar xalqaro maydonda kuch va taъsirini boy bermoqda.  Bu AQShning Gʻarbiy Evropa bilan munosabatlari xavfsizligini taъminlagan Atlantika ittifoqidagi taъsirining pasayishida, Xitoy bilan geosiyosiy maъnoga ega boʻlmagan aqlsiz va "monumental boʻlinish"da, qurol nazorati va qurolsizlanishdan chekinishda, professional harbiylarning tozalanishi va siyosiylashuvida koʻrinmoqda.  Oʻtgan hafta esa xalqaro bozorlarda AQSh dollari va AQSh obligatsiyalarining ustunligini taъminlagan global moliya tizimiga tahdid solindi. Britaniya 1956 yildagi Suvaysh urushi ortidan funtning ustunligini yoʻqotgan edi. Tarix aynan takrorlanmasa-da, u qofiyalanadi.


Muhammad Dovud tayyorladi.