01.05.2025 09:21
169
“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 46-qism)
Livandagi qarshi kuchlar asosiy tarkibini tashkil etadigan fuqorolar urushi qanchalar avj olmasin, Livanda falastinlik qarshi kuchlarning boʻlishi Isroil uchun kuchli xavf masdari boʻlib qoldi. Xususan, qarshi kuchlar Falastin shimolidagi bosib olingan erlarga vaqti-vaqti bilan katyushalar otib turishi, ayniqsa, Kirьyat Shmona mintaqasiga qilinadigan hujumlar jiddiy stressga solardi. Isroil hukumati taniqli shaxslaridan birining Evropada uyushtirilgan suiqasddan unumli foydalanib, Menaxem Begin va harbiy vaziri Sharoʻn boshchiligida Livan bilan boʻlgan hududga armiyasini toʻplab oldi. Shu bilan Livanga bosqinchi amaliyotini boshlab yuborgan.
Baъzilar bu harbiy yurish katyushalarni qaytarish uchungina, bir necha kilometr yurish qiladi, deb taxmin qilgan edi. Hatto, Beginning oʻzi ham shunday deb oʻylagan. Lekin Sharoʻn Isroil armiyasini Livan yuragiga qadar olib kirgan. Hattoki, Beyrutni oʻrab olgan. Qarshi kuchlarni yoʻq qilish bahonasida Isroil bosqini Beyrutni ham bosib olishi mumkinligi va oʻn minglab oddiy aholining qurbon boʻlish xavfi qarshisidagi qoʻrquv sabab, bir qator oʻrtakashlar faolligida qarshi kuchlar Livanni tark etishga qaror qildi. Chindan ham barcha qurollangan falastinliklar Livandan qaytib kelishdi. Falastinliklar istiqomat qiladigan mintaqalar-u, lagerlar himoyasiz, muvofiqlashtirishlarsiz, Livan va Isroil bilan kelishuvlarsiz tashlab ketildi. Oʻshanda, Sabra va Shatila lagerlarida qirgʻinbarot qilishgan. Yuzlab falastinlik erkaklar, ayollar va bolalarni oʻldirishgan. Oʻshanda eng vahshiyona qirgʻinbarotlaridan biri boʻlgandi. Ommaviy axborotlar orqali kelayotgan xabarlar bosib olingan erlarda vaziyatni jiddiy keskinlashtirib yubordi. Chunki, bu qirgʻinbarot shu darajada ogʻir va shafqatsizlik boʻlgan-ki, bosib olingan erlardagi falastinliklarning har bir uyida Livandagi oʻsha lagerlarda otasi yo farzandlari yo birinchi darajali qarindoshlari boʻlgan. Bu shoʻrliklar bir gʻam ketidan boshqa gʻam, bir tashvish ustidan boshqa tashvishni his qilib yashashga majbur edilar. Qaysi biriga boqmang, alamli inson qissasini koʻrasiz. Farzandlari haqida hech qanday xabar ololmayotgan ona, ota-onasi holini bilolmayotgan farzandlar, erini daragini bilolmayotgan ayol, hamma-hammasi alamli kechinmalarning tirik obrazi edilar.
Biz oligohda juda katta namoyishga chiqdik. Namoyishdegilarning bari oʻzaro ixtiloflari-yu mansubligini unutib, birlashdi. Oʻshanda universitet oldidagi koʻchadan oʻtayotgan bosqinchi harbiylar bilan toʻqnashganmiz. Ularni misli koʻrilmagan toshboʻron bilan siyladik. Ular ham biz tomon oʻq va koʻzni yoshlatuvchi gazlar uloqtirishdi. Oramizdan bir qancha talabalar jarohat olib "Dorush-Shifa" kasalxonasiga olib borilgandi.
Xalil shahriga keladigan boʻlsak, egallab olishlar jadallashib borar edi. Har shanba kuni kelgindilar yangi bir uyga ega chiqib, oʻz ahlini quvib solar edi. Harbiylar boʻlsa bu hunrezlikka koʻmaklashib turishar, himoyalab turishadi. Bu ishlar aholining hiqqildogʻiga kelgindi.
Shu vaqtlari "Fath" harakatiga mansub uch yigit kelgindilar oʻrnashib olgan markazda fidoiy amaliyot uyushtirishga reja tuzadilar. Bu amaliyot bosqinchi kelgindilar va ularni himoya qilayotgan harbiylarga qaratilgan edi. Kuchli nazoratga qaramay, qurollanishga muvaffaq boʻladilar. Maxsus aslahalarni qoʻlga kiritgach, uzoq kuzatuvlar bilan bosqinchi dushmanga kattaroq zarar etkazish mumkin boʻlgan moʻljalni izlashga tushishadi. Va nihoyat, egallab olingan erlarning markazidagi harbiy va kelgindilar oʻrnashgan binoga hujum qilishni tanlashadi. Ehtiyotkorlik bilan binoga tutashgan qabriston orqali tirmashib, bino devoriga koʻtarilishadi. Soʻng qoʻlidagi gronatalarni uloqtirib, oʻqqa tuta boshlaydilar. Har tarafdan hayqiriq ovozi koʻtarilib, dod-voy solindi. Bu hujumchilarga bosqinchi askarlar uzoq vaqtga qadar javob qaytarolmagan. Bir oz vaqt oʻtib, mintaqani oʻrganish va jarohatlangan hamda halok boʻlganlarni olib ketish uchun katta kuch keldi. Necha kishi halok boʻlgani haqida turli rivoyatlar aytiladi. Nima boʻlganda ham ularning adadi, shubhaziz, oz boʻlmagan. Shundan soʻng shaxarda karantin joriy etilib, ijrochilarni topishga qaratilgan taftish va tadqiqot ishlari boshlanib ketdi. Bunga qoʻshimcha buzib-yakson qiladigan kuchlar ham birga ish olib bordi. Karantin esa bir necha kunlab davom etdi.
Bosqinchi kuchlar shaxarda qoʻshimcha qonunlar joriy qildi. "Ibrohim sharif" haramini juma kunidan boshqa kunlari doimiy yopib qoʻyishdi. Faqat diyonatli kelgindilar uchun maxsus ayvonnigina ochiq qoldirishdi. "Yusuf" dahliziga oʻzlarining kursi va shamlarini olib kirib qoʻyishdi. Dindor yahudlar ibodatga oid uskunalari bilan masjid ichida qolishar, harbiylar esa ularni kunu tun qoʻriqlab chiqadi. Shuningdek, yoʻllar yopildi. Uylar buzildi. Odamlarga taъziq yanada oshdi. Oʻtgan-ketganni hujjatini tekshiradigan harbiylar soni ortdi. Har koʻchada odamlar ustidan, doʻkonlari ustidan taftishlar boʻlaverdi. Oddiy odamlarning hayoti chinakam jahannamga aylanib qoldi. Bosqinchi va kelgindilarning qiliqlaridan aholi boʻgʻilib oʻlay derdi.
Davomi bor...