17.04.2025 11:30
40
“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 44-qism)
Shunday qilib, avtobus bizni Xalil tomon olib ketdi. Ungacha Bayt-Jala, Bayt-Lahm shaharlari va Duhaysha lagerlaridan oʻtdik. Lagerning lager ekanini binolarining qator qilib, bir xilda, oddiy koʻrinishda qurilganidan bilib oldik. Ibrohim Duhaysha lageri bilan yaqindan tanishtirdi. Keyin oʻsha lagerga qarama-qarshi tarafga ishora qilib koʻrsatdi. U tarafda keng maydonda bir chodir tikilgan boʻlib, atrofini lager bolalari toshboʻron qilmasligi uchun kechayu kunduz oʻnlab bosqinchi harbiylar qoʻriqlab turarkan.
Aytishicha, u chodirda Xalil shahriga yangi koʻchib kelgan xoxomlardan biri — Mushi Livengr yasharkan. Uning aynan Duhaysha lageri qarshisiga joylashganining sababi — bosqinchi harbiylar koʻchmanchi yahudlarni lager bolakaylarining toshboʻronidan himoyalashdan ham ojiz ekanini isbotlash emish.
Undan soʻng "Uъrub" lageri orqali oʻtdik. Nihoyat Xalil shahriga kirib keldik. Ushbu qadimiy shahar yuragiga kirib borganimizda, harbiy kazarmaga oʻxshashini koʻrdik. U erda ham, bu erda ham yuzlab askarlar sangʻib yurardi. Oʻnlab harbiy mashinalar u yoqdan-bu yoqqa harakatlanardi. Bir qancha bino va hududlar tikanli simlar bilan oʻralgandi.
Etmishinchi yillarning oʻrtalaridan boshlab, kelgindilar bosqinchi harbiylar koʻmagida eski shaharning koʻplab binolari va hududlarini egallab olishgan. Odamlarni uy-joylaridan quvib solib, oʻzlari yashay boshlashgan. Oʻnlab harbiylar ularni himoya qilib turishardi. Shu tarzda ushbu mintaqalarni oʻzgartirish bilan shugʻullana boshlashgan. Har kuni yangi bir binoga ega chiqishadi yoki biror mintaqaga hukmronlik qilib olishadi. Harbiylar esa ularni qoʻllab-quvvatlab, himoyalab turadi.
Avtobus Ibrohim haramiga etib keldi. Kiraverishda markazda bir toʻda harbiylar turib, arab sayyohlarni toʻxtatib, birma-bir hujjatlarini tekshirib chiqardi. Vaholanki, yahudiy yoki dunyoning boshqa eridan kelgan sayyohlarga hech kim hech narsa demaydi. Ular bemalol, xotirjam, qarshiliksiz kirib ketaveradi.
Yon tarafda namoz uchun joynamoz toʻshalgan uzun yoʻlakdan yurib bordik. Keyin haramning markaziy masjidiga olib boradigan sahniga oʻtdik. Narigi tarafda ham namoz uchun ikki katta xona bor edi. U erda tarixiy shaxslar ismlari bitilgan meъmoriy maqbaralarni koʻrdik. Jumladan, Ibrohim, Ishoq, Sora va Yusuf alayhissalomlar nomlari ham bitilgan. Ustlari yashil mato bilan oʻralgandi.
Shunday qilib, masjidda shom namozini oʻqib, soʻng bu dargohni aylanib, ummatimiz tarixi va aqidasiga doir maъlumotlar bilan tanishdik. Chiqishdagi sotuvchilardan sutli mahsulotlar, qoragʻat, mayiz va anjir qoqi kabilardan xarid qilganimizdan soʻng Gʻazoga qarab yoʻl oldik.
Avtobusda hammamiz kechki duolarni joʻr boʻlib aytib bordik. Har birimiz oʻz oʻrindigʻimizga gʻarq boʻlgandik. Ushbu sayohatdan soʻng Muhammad sollallohu alayhi va sallam va Ibrohim alayhissalom zikr qilinganida, ilgarigi qalb va quloqlarimiz oʻrgangan maъnodan boshqacha maъno hosil boʻlardi. Bu muqaddas dargohga kelgach, soʻzlarning boshqa maъnolari ham ayon boʻladi.
Shu kundan boshlab namozni aslo tark etmaslikka azm qildim. Safardan soʻng yakuniy imtihonlarimga astoydil tayyorgarlik koʻrishim lozim edi. Chunki imtihonlarga atigi ikki oy qolgandi, xolos.

Davomi bor...