23.03.2025 07:28

“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 39-qism)

Jamol Pokistonga joʻnash uchun ruxsat soʻraganida, Iordaniya hukumati uning oliygohda «Ixvonchilar»ning faollaridan boʻlganini bahona qilib, rad etdi. Shunday qilib, u Xalilga qaytib, ishlashga majbur boʻldi.

Islomiy fakulьtetlarda taъlim olgan talabalarning koʻpchiligi Xalildagi xayriya jamgʻarmalari tomonidan qurilgan taъlim muassasalariga ishga kirishardi. Jamol ham talabalarni oliygohga hozirlaydigan oʻrta maktabga ishga joylashdi.

U Gʻazodagi lagerlarda yuz bergan voqealar haqida gapirar ekan, uning koʻnglida shubha uygʻondi: «Guruhdagilarni kimdir qurollantiryaptimi? Bu fidoiy harakatlarni yoʻq qilishga urinish emasmi? Isroil aygʻoqchilari bizning ichiga kirib olmaganmi?» Bu kabi savollar guruhning boshqa aъzolarini ham oʻylantirib qoʻygandi.

Mavzuga aloqador