11.03.2025 08:35

“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 37-qism)



Oʻn uchinchi fasl

Oʻquv yili nihoyasiga etdi. Xalildagi Toriq Ibn Ziyod madrasasining talabalari yakuniy imtihonlardan oʻtib, natijalar peshlavhada eъlon qilindi. Oliygohga qadam qoʻyish arafasida turgan talabalar kelajakdagi orzulari haqida shirin hayollar surardi. Bir talaba Xalildagi oliygohda shariat fakulьtetida oʻqishni niyat qilgan boʻlsa, boshqasi Saudiyadagi oliygohlardan birida tahsil olish maqsadida edi. Yana kimdir Iordaniyada oʻqishni davom ettirishni rejalashtirayotgandi.

Yoshi oʻtib qolgan pochchamiz Abdulfattoh hamon Iordaniya oliygohida oʻqishni ich-ichidan istardi, biroq endi kech ekanini yaxshi anglardi. Chunki uning oʻqish uchun vaqt sarflashidan koʻra ishga koʻproq vaqti ketayotgandi. Biroq oliy oʻquv yurti ostonasida turgan ukasi Abdurahmonda ikkinchi imkoniyatni koʻrayotgandi. U orqali oʻz orzusini amalga oshirishni oʻylagandi. Ukasiga Iordaniyada tahsil olish haqida taklif bildirganda, u rozi boʻldi va shariat fakulьtetiga kirmoqchi ekanini akasi bilan oʻrtoqlashdi.

Surif qishlogʻidagi togʻlar ustida suhbat qurishni yoqtiradigan doʻsti Jamol ham u bilan birga hujjat topshirishga kelishib oldi. Shunday qilib, ikkovi ham Iordaniya oliygohiga qabul qilindi.

Oʻqish boshlanishidan biroz oldin ular Ammanga joʻnab ketib, birga tahsil oladigan talabalar bilan sherik boʻlib, Muhojirlar tumanidan uy ijaraga olishdi. Bu tuman xalqona muhitga ega boʻlib, u erda ayrim asli falastinliklar istiqomat qilishardi.

Abdurahmon va Jamol Surif qishlogʻi yoki Toriq Ibn Ziyod madrasasidagi hayotdan farqli ravishda, yangicha muhitda yashay boshladilar. Bu erda fikrlash tarzi, siyosiy kurashlar, jamiyat urf-odatlari va talabalar hayotida taъsirga ega shaxslar – barchasi oldingi hayotidan ancha farqli edi.

Ular tahsil olayotgan shariat fakultetida qizlar oʻrangan holda yurishardi. Ammo universitetda umumiy tartib boshqacha boʻlib, Xalilga, ayniqsa, Surif qishlogʻiga nisbatan ancha erkin muhit hukm surardi.

Shunday boʻlsa-da, Abdurahmon bilan Jamol Toriq Ibn Ziyod madrasasida «Musulmon birodarlar» jamoasidan taъsirlanganliklari bois yoʻldan ozishmadi. Amman oliygohida ham shariat fanidan dars beruvchi «Musulmon birodarlar» aъzolari bor edi. Ular tajribali, shariat fanlari boʻyicha doktorlik darajasiga ega professorlar edi. Abdurahmon va Jamol orzularidan ham ortiq bilim va tajribalarga ega shaxslarga yoʻliqishdi. Fikriy va siyosiy kurashlarda zarur bilimlarni oʻzlashtirishga harakat qildilar va talabalik mashgʻulotlariga shoʻngʻib ketdilar.

Iordaniya universitetida talabalar uyushmasi bekor qilinishi haqida qaror chiqarilgandi. Biroq bu talabalarning oʻzaro faoliyatlariga chek qoʻya olmadi. Birlashmaga nomzodlar orasidan Jamol shariat fakulьtetida "Tarixni jonlantirish uyushmasi"ga tanlab olindi. Nomzodlar orasida «Musulmon birodarlar»ga qarshi boshqa islomiy oqim ham bor edi.

Uyushma masъullari talabalarni tarixiy joylarga olib borib, ular bilan madaniy, siyosiy va tarbiyaviy faoliyatlar olib borishardi. Baъzan Haj va Umra tadbirlarini uyushtirib berardi. Uyushma aъzolaridan biri Yusuf Qarzoviyga bagʻishlab «Olim va zolim» sahna koʻrinishini tayyorlashni taklif qildi.

Muhokamalardan soʻng bu taklif qabul qilindi va lozim boʻlgan barcha saъy-harakatlar boshlandi. Hatto televizion rejissor ham yollandi. Qayta-qayta mashqlar va katta mehnatdan soʻng sahna koʻrinishi tomoshabinlarga taqdim etildi. Professorlar va doktorlar tomosha juda yaxshi chiqqanini eъtirof etishdi.

Bu vaqtda Rossiya Afgʻonistonga bostirib kirgandi. Talabalar uyushmasida bu voqea katta aks-sado berdi. Islomiy uyushma aъzolari Afgʻoniston va jihod haqida ochiq-oydin gapira boshladi, oʻzlarini u erdagi musulmonlarga nisbat berib, ularga yordam berishni vojib deb bilishdi.

Bora-bora bu fikr shunchalik kuchaydiki, «Olim va zolim» sahna koʻrinishidan tushgan 15 000 dinordan 5 000 dinori Afgʻonistondagi musulmonlarga yordam sifatida yuborildi.

Davomi bor...