04.03.2025 08:30
“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 35-qism)
Lagerdagi hayot rivojlanib, mulohaza qilsa boʻladigan darajada oʻzgara boshlagandi. Aksar xonadonlarda bir yoki ikkita Isroilda ishlaydigan ishchi boʻlardi. Moʻmaygina daromad topib, eski Gʻazoga solishtirganda ancha farq sezilardi. Ayrim ishchilar esa Saudiyaga, Quvaytga borib ishlardi. Har bir xonadonda radio va televizor bor edi. Hatto muzlatgich va gaz pechka sotib olganlarni ham koʻrish mumkin edi. Koʻp uylar mahalladan oʻtkazilgan suv quvuriga ham ulanib ulgurgan. Biz ham radio sotib olgandik, lekin hali televizor, muzlatgich va gaz pechka kabilarni olish nasib qilmagandi. Shunday boʻlsa-da, tanglik hayotida yashayotgan koʻplab oilalardan ahvolimiz ancha yaxshi edi.
Muhimi, 1948 yilgi fojiadan soʻng oxirgi yillarda lager ahli koʻpayib, chodirlar torlik qilib qolgandi. Xususan, urush paytida goʻdak boʻlganlar ulgʻayib, oila qurib farzandli boʻlishgandi. Qisqa qilib aytganda, lagerlar joʻjalar solingan qutiga oʻxshab qolgandi. Shu ondan boshlab yangi turar joylar barpo qilish haqida gaplar urchiy boshladi. Uzunquloq gaplarga qaraganda, harbiy hokimiyatdan kim hovlisini kengaytirmoqchi boʻlsa, Turar joy qurish vazirligiga ismini yozdirib qoʻyishi mumkinligi haqida xabar tarqaldi. Maъlum miqdorda toʻlov qilganidan soʻng, lagerdagi hovlisi buzib yuborish sharti bilan yangi turar joy barpo qilinadigan mintaqadan oʻziga uy yozdirib olishi mumkin ekan.
Bu ish lagerlarda kuchli muhokamalarga sabab boʻldi. Odamlar bu masalada ikkiga boʻlinib qolishgandi. Qanday toʻplanish boʻlmasin, shu mavzu ochiladigan boʻldi. Ushbu fikrni qoʻllovchilar voqelikka moslashish kerakligini, konservalangan baliq kabi chodirda yashash mumkin emasligini aytardi.
Chindan ham yangi avlodlar tugʻilishi va ulgʻayib borishi natijasida bu tarzda yashab boʻlmay qoldi. Muammo turar joylar barpo etilishida emas, uni sotib olish qimmatligida edi. Ushbu fikrni maъqullamaydiganlar esa bosqinchining bu ish ortida gʻarazli maqsadi borligidan xavotirda edilar. Ular lagerlarni muhojirlardan boʻshatib, oʻzlariga toʻla tobeъ qilish yoʻlini izlayotganidan qoʻrqardilar. Tortishuvlar davom etaverdi. Hali yangi turar joy sotib olish amalga oshmay, gapligicha qolardi. Chunki ikkiga boʻlinib qolgan taraflar bir qarorga kelishlari lozim edi.

***
Akalarim uylangunlariga qadar pardoz uchun kosmetika degan narsa borligini bilmasdim. Onam ham lagerdagi boshqa ayollar kabi bunday vositalardan foydalanmagan. Lager ayollari faqat muayyan munosabatlar tufayli yuzidagi tuklarni terdirib, qoshlarini ingichkalatishlarini bilardim.
Kunlik roʻzgʻoriga emish topolmaydigan, goʻshtning taъmini faqat toʻy-marosimlarda tatib koʻradigan, mevalarning turlari va nomlarini ham ajratolmaydigan, biologiya kitoblaridan bunday mevalar borligini anglab qoladigan bu munisalar pardoz-andoz qilmasalar-da, gʻoyat goʻzal edilar.
Biror qiz turmushga uzatilsa, ayollar uni bezatish uchun kosmetikadan foydalangani bilinib turardi. Shunday boʻlsa-da, koʻp ayollar bu matohdan bexabar edi. Akamlar uylangach, kunlarning birida xonasiga kirganimda, oyna oldida pardoz uchun kosmetika vositalari borligini koʻrib, shu orqali bu narsani tushungandim.
Koʻchalarda yalangʻoch kiyinib, shunday pardoz vositalaridan foydalangan ayolni koʻrmas edik. Toʻgʻri, koʻp ayollar boshiga roʻmol oʻramasliklari mumkin edi, ammo kosmetikadan foydalanish urf boʻlmagandi. Bu hol odamlarning iqtisodiy ahvoli biroz yaxshilangunga qadar davom etdi. Moliyaviy ahvoli oʻnglangan ayrim oilalarda sanoqli ayollarning shunday vositalardan foydalanayotgani koʻzga tashlana boshladi.
Lagerda istiqomat qiladigan qizlar oʻz tabiiyligicha goʻzal boʻlishardi. Hech qanday pardoz vositasi, plastik jarrohlikdan foydalanmas edilar. Hatto qosh terib, surma qoʻyishga ham borishmagan. Shunday boʻlsa ham, toʻlin oy kabi goʻzal edilar. Ulardagi eng yaxshi fazilat – hayo edi. Birortasiga gapirsangiz yoki savol soʻrasangiz, yuzini erdan uzmasdi. Agar tasodifan koʻzi begona kishiga tushib qolsa, darhol nazarini olib qochar, yuzlari qizarib-boʻzarib ketardi. Bu esa, ularning goʻzalligiga yanada nafosat qoʻshardi.
Xalil – qoʻshnilardan birining farzandi. U lagerda yashovchi qizlardan biriga nazar solib, unga bogʻlanib qolgandi. Oʻzini sevib qolganday his qilar, turli hissiyotlar qurshovida qolgandi. Shundan soʻng oʻsha qizning uydan maktabga, maktabdan uyga qaytishini poylaydigan boʻlib qoldi. Ammo hech qachon yaqin borishga, bir ogʻiz soʻz aytishga jurъati etmas edi. Koʻpincha uzoqdan bir nazar solib qoʻyish bilan kifoyalanardi.
Agar koʻzlari tasodifan uchrashib qolsa, ikkovi ham darhol yuzini burib, har tarafga joʻnardi. Bu hol to sovchi qoʻyilib, oʻqish tamomlanganidan soʻng toʻy qilishga kelishilguniga qadar davom etdi. Yigit ham yaxshi ish topib, oila boqa oladigan boʻlguniga qadar kutib turishga qaror qildi.
Guruch kurmaksiz boʻlmaganidek, baъzi yigit-qizlarning maktub almashib yurganlarini ham uchratish mumkin edi. Ammo bu kabi jurъatlilar ozchilikni tashkil qilar, aksariyat yigit-qizlar jamiyatning umumiy qoidalariga amal qilishardi. Bunday munosabatlardan ehtiyot boʻlishardi. Onamning qatъiy buyrugʻiga binoan biz ham bunday ishlardan mutlaqo yiroq boʻlganmiz.
Bir kuni sohil tarafdan uyga qaytib kelayotganimda, mahalla boshidan Ibrohim amakivachcham masjiddan qaytib kelayotganini koʻrib qoldim. Men uni koʻrardim, u esa meni koʻrmas edi. Koʻcha boshida ana shunday jurъatli, hayosiz qizlardan biri Ibrohimga nimalardir deb gap otdi.
Ibrohimga qaraganimda, u hijolatdan yuzi qip-qizil boʻlib ketgandi. Yurishini uch barobar tezlatib, xuddi uzoq muddatga qamalishdan qochgandek shoshilib ketdi. Shu voqea Ibrohimni noqulay ahvolga solib qoʻydi.
Qachon menga qarshi chiqsa, shu voqeani kelinoyisiga (onamga) aytib qoʻyaman deb tahdid qilardim. U esa bu holatdan juda hijolat boʻlardi.