01.03.2025 08:40

“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 34-qism)



Bu kabi tortishuv majlisida Abdulhafiz (qoʻshni, Hasanning qayn ukasi) ham boʻlib qolsa bormi, tortishuv yanada avj olardi. U dindorlarga hujum qilardi. Nafaqat dindorlarga, balki dinning oʻziga ham hujum qilardi. Ixvonchilarni Saudiyadan maosh olib ishlaydigan yugurdakka chiqarardi. Hasan aka boʻlsa, uni xudosizlikda ayblardi. Allohga iymoni yoʻqligini aytib, gʻazablanardi. 1942 yili Isroilni birinchilardan boʻlib tan olgan Sovet Ittifoqining laychalari, deb atardi.

Menga Hasan akamning gaplari koʻproq maъqul kelardi. U aytgan soʻzlar yuragimning tub-tubigacha etib borardi. Lekin ayrim nuqtalarda uning aniq pozitsiyasini koʻrmasdim. Islomchilarning vatan ozodligi yoʻlidagi aniq pozitsiyasi nomaъlumligicha qolardi. Bosqinchilarga qarshi kurashayotgan jangchilarning vatan ozodligi yoʻlidagi saъy-harakatlari haqida ularning oʻrni qandayligi majhul edi. Bu haqida soʻralsa, javob berishdan ojiz qolardi.

Aftidan, Hasan akam shayx Ahmaddan ushbu masala haqida soʻragan koʻrinadi. Shayx Ahmad kelgusi darsda shu haqida soʻzlashini aytibdi.

Davomi bor...

Mavzuga aloqador