27.01.2025 09:45

“Chinnigul va tikan” – Yahyo Sinvar (qissa, 25-qism)

Bu ziyoratda menga Mahmud akam bilan hol-ahvol soʻrashish nasib qildi faqat. Onamga  «Xayr oyi!», - deganda menga ham  «Xayr Ahmad!», - deganinigina eslayman. Ziyoratning asosiy qismi onam akamdan ahvolini, qoʻyishmoqchi boʻlgan ayblov haqida soʻrash bilan oʻtdi. Muhimi, bu uchrashuvdan keyin onamning ruhiy holati biroz tabiiy holatiga qaytgandi. 

Mahmud akam Gʻazo qamoqxonasining  «B»  qismiga kiritildi. Bu qism  - eniga uch metr keladiga uzun yoʻlakning ikki tarafidi joylashgan sakkiz xonadan iborat. Har bir xona oʻn besh kvadratdan yigirma besh kvadratgacha. Har bir xonani bir necha derazasi va mustahkam temir eshigi bor. Xona burchaklaridan biriga hojatxona qilingan. Har bir xonaga yigirma kishidan kam boʻlmagan mahbus kiradi. Erga choyshab solib, yonboshlab yotishadi. Osmonga qarab yotsa sigʻmay qoladi. Shuning uchun ham oʻng tomondan chapga agʻdarilaman desa, oʻrnidan turib oʻzgartirmasa ilojsiz edi. Kimdir zarurat bilan hojatga turadigan boʻlsa, xonadoshlari ustidan sakrab oʻtishga toʻgʻri kelardi. Qaytib kelganida, jips yotganlar sirpanib, joy etmay qolardi. Ertalab soat oltida karnaydan nazorat vaqti boʻlgani eʻʻlon qilinib, chiroqlar yoqiladi. Posbonlar xonalar qoʻngʻirogʻini bosib, mahbuslarni uygʻotadi. Shu on hamma mahbuslar joylarini yigʻishtirib, nazoratchining kelishini kutib turishi kerak boʻladi. Bordiyu qaysidir mahbus kechikib qolsa, posbonlar kirib ayovsiz doʻpposlaydilar. Shunday qilib bir toʻda maska kiygan, qoʻlida dubinka va koʻzdan yosh oqizadigan gazlar koʻtargan zobitlar bir posbon boshchiligida kirib kelishadi. Mahbuslar bu payt ikki saf boʻlib terilib turishlari lozim. Xonama xona odamlarni bor-yoʻgʻini tekshirib, soʻng boshqa qismlarga oʻtib ketishadi. Ana undan keyin tongi nazorat tugaganini bildirib yana signal beradi. Soʻng nonushta berish boshlanadi. Odatda nonushtaga bir-ikki burdadan non, ozgina maslo, ozgina murabbo va baʻʻzan yarimta qaynatilgan tuxum bilan taʻʻmi va rangi choyga oʻxshash ichimlik beriladi. Mahbuslar navbatma navbat yuz-qoʻllarini yuvgach, nonushtaga oʻtirishardi. Baʻʻzan, hojatxona oldida bir mahbus ichaklari buralib, erga yumalab qolar, ichkaridagi xonadoshiga tezroq chiqishini aytib baqirayotgan boʻlardi. Nonushtadan soʻng posbonlar ikkita-ikkita xona mahbuslarini sahniga olib chiqib, badantarbiya qildiradi. Sahnisi chor atrofdan baland devorlar bilan oʻralgan. Devor ustidan tikan sim tortilgan. Maydoni esa bir yuz yigirma kvadrat keladi. Mahbuslar xonadan chiqar ekan, boshini tik koʻtarishi, oʻnga-soʻlga qarashi mumkin emasdi. Qoʻllarini orqaga qilib, boshini erga egib sahniga chiqishadi, keyin halqa shaklida boʻlib, yura boshlaydi. Halqa oʻrtasida dubinka koʻtargan posbonlar turadi. Kimda kim ogʻzini ochsa, oʻnga yo chapga qarasa, sekin yo tez yurib qoʻysa, qoʻlidagi matohi bilan ham soladi. Kamiga oyoq qoʻli bilan ham uradi. Shu tarzda bir soat atrofida aylanishgach, xonalariga qaytariladi. Xonada har kim oʻzining choyshabi ustida oʻtirishi lozim. Halqa boʻlib oʻtirishga, oʻzaro suhbatlashishga ruxsat berilmasdi. Kim intizomli boʻlmasa, yana nasibasini olardi yoki alohida xonaga olib qoʻyilardi. Tushlik vaqtidan oldin kungi nazorat boʻlardi. Nazoratdan keyin tushlikka oʻtirishadi. Tushlik uchun bir-ikki burdadan non, biroz ziravor, shoʻr taʻʻmga ega ichimlik, birozdan guruch, gohida qaynatilgan kartoshka va qovurilgan baqalajon beriladi. Tushlikni olgan mahbuslar egulikni tez tanovul qilishni boshlaganidan qoʻllariga olganday ham boʻlmasdi. Tushlikdan soʻng baʻʻzilar idishlarni yuvardi, baʻʻzilar devorga suyanib mudroq bilan kurashardi. Boʻsh vaqtning koʻpligidan odamni uyqusi kelib, koʻzi ilinardi. Buni koʻrib qolgan posbonlar uxlamaslikni buyurib oʻshqirardi. Chunki, faqat tunda uxlashlari mumkin edi, xolos.

davomi bor