“Yumshoq kuch”: “Yolgʻonlar imperiyasi”ning muvaffaqiyati siri
Har qanday davlat iloji boricha xalqaro obroʻsini oshirishga intiladi. Shu maqsadda uning matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi faoliyat yuritadi. Ammo global sahnada Amerika brendidan hayrlangan va taʻʻsirlangan baʻʻzi hukumatlar ham oʻz davlatlari uchun “yumshoq kuch” yaratishga kirishdilar. Ular buni neytral, umumiy tushuncha deb hisoblab, mamlakatning ijobiy imijini targʻib qilishga qaratilgan PR va reklama kampaniyalariga oʻxshash narsa deb oʻyladilar. Lekin aslida ham shundaymi? Ushbu harakatlar “Amerika neoliberalizmi”dan nusxa koʻchirish emasmi?
Koʻpchilik kapitalistik dunyoda, xossatan bugungi Gʻarb dunyosida
real voqelik bilan yuzlashishni yoqtirmaydi. Ular voqelikdan nafratlanishga
oʻrgatiladi, oqibatda insonlar dunyoni “soxta ong” va “madaniy gegemonlik” orqali
boshqarmoqchi boʻlayotganlarning tuzogʻiga osongina tushishadi. Bunday “madaniy
gegemonlik” narrativlar (rivoyatlar) orqali shakllantiriladi. Bu erda “narrative”
soʻzi jamoatchilik fikrini shakllantirish va odamlarga kerakli nuqtai nazarni
singdirishga qaratilgan maʻʻlum bir mavzudagi hikoyalar yaratishni bildiradi.
Kapitalistik dunyoda reklamadan mahsulot yoki xizmatni ishlab
chiqaruvchiga koʻproq foyda keltiradigan tarzda taqdim etish va targʻib qilish uchun
foydalaniladi. “Brending” (tashqi oʻziga xoslikni yaratish, mahsulot yoki xizmatni
tanitish) orqali mijozlar koʻpaytiriladi.
Axborot urushi
Neoliberalizm paydo boʻlishi bilan ayni shu usullar nafaqat
mahsulot va xizmatlar uchun, balki siyosiy hikoyalarni yaratishda ham qoʻllanila
boshlandi. Shu sabab siyosatda “Kimki narrativlar egasi boʻlsa, oʻsha gʻolib boʻladi”,
degan ibora paydo boʻldi.
Soʻnggi yillarda “narrativlar” gegemon davlatning koʻmagi ila
uning siyosiy, iqtisodiy va ayniqsa madaniy imperializmini qoʻllab-quvvatlash uchun
kino industriyasi, OAV, ijtimoiy tarmoqlar, sunʻʻiy intellekt, monopollashtirilgan
musiqa sanoati, erkinlik forumlari, akademik grantlar (onglarni yuvish uchun),
qizil gilam festivallari, shuningdek, anʻʻanaviy urf-odatlar, klassik madaniyat
hamda maʻʻnoni yoʻq qilishga qaratilgan postmodernistik va soʻnggi uygʻonish
mafkuralari orqali yanada murakkablashtirildi – ayyorona koʻrinish kasb etdi. Aynan
ushbu ishlanmalar orqali goʻyoki, favqulodda, “tanlab olingan” muayyan millatning
harakatlari, tafakkuri va qadriyatlariga butun dunyoda taqlid qilinishi kerak
boʻlgan odatlar tusi berildi. Gʻarb mamlakatlarining targʻibot qobiliyatlari va PR
kampaniyalari misli koʻrilmagan tarzda rivojlandi va koʻp oʻtmay yangi formula –
“yumshoq kuch”ni yuzaga keltirdi. Bu atama 1980 yillarning oʻrtalarida amerikalik
siyosatshunos Jozef Nay tomonidan tilga olindi, ammo oʻtgan asrning 90-yillaridan
keng qoʻllanila boshladi.
“Yumshoq kuch” yangi, koʻp qutbli dunyo uchun qanchalik zarur?
Albatta, har qanday davlat iloji boricha xalqaro obroʻsini
oshirishga intiladi. Shu maqsadda uning matbuot va jamoatchilik bilan aloqalar
boʻlimi faoliyat yuritadi.
Ammo global sahnada Amerika brendidan hayrlangan va
taʻʻsirlangan baʻʻzi hukumatlar oʻz davlatlari uchun “yumshoq kuch” yaratishga
kirishdilar. Ular buni neytral, umumiy tushuncha deb hisoblab, mamlakatning ijobiy
imijini targʻib qilishga qaratilgan PR va reklama kampaniyalariga oʻxshash narsa deb
oʻyladilar. Lekin aslida ham shundaymi? Ushbu harakatlar “Amerika
neoliberalizmi”dan nusxa koʻchirish emasmi?
“Yumshoq kuch” tushunchasi Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyingi
dastlabki yillarda Rossiyani oʻziga maftun qilgan boʻlsa-da, u tez orada oʻz
jozibadorligini yoʻqotdi. 2019 yilda rossiyalik siyosatshunos, Jahon iqtisodiyoti va
xalqaro munosabatlar fakulʻteti professori Sergey Karaganov “ushbu kontseptsiya
intellektual xatolik sifatida tan olinishi kerak”ligi haqida yozdi.
Xoʻsh, “yumshoq kuch” aslida nima?
Jozef Nay oʻzining 1990 yilda nashr etilgan “Etakchilik qismati:
Amerika qudratining oʻzgaruvchan tabiati” kitobida oʻz atamasini ommalashtirgan va
uni shunday taʻʻriflagan:
“Bir davlat boshqa xalqlarni oʻzi istagan narsani orzu qilishga
undasa, buni “yumshoq kuch” deb atash mumkin: uning boshqalarni oʻziga boʻysundirishi
uchun hujum yoki tahdiddan foydalanishiga hojat qolmaydi”.
Nay 2004 yilda yozgan “Yumshoq kuch: jahon siyosatida muvaffaqiyat
vositalari” kitobida kontseptsiyani yanada rivojlantirdi. Unda shunday satrlar
mavjud:
“Yoʻldan ozdirish har doim majburlashdan koʻra samaraliroq:
demokratiya, inson huquqlari va shaxsiy imkoniyatlar kabi koʻplab qadriyatlar juda
jozibali qiyofa kasb etadi”.
Nay oʻzining “Yumshoq kuchning afzalliklari” nomli maqolasida
“kuch”ni quyidagicha taʻʻriflaydi:
“Oʻzi xohlagan natijalarga erishish uchun boshqalarga taʻʻsir
oʻtkazish qobiliyati: “yumshoq kuch” – boshqalarni oʻzi istaganidek xatti-harakatlar
qilishga undash odamlarni jalb qila olishga bogʻliq. “Yumshoq kuch” maʻʻlum
afzalliklarni koʻrsata bilish qobiliyatiga asoslanadi. Uning resurslari
jozibadorlikka asoslangan vositalardir va bu boshqalarni ixtiyoriy tarzda sizning
yoʻlingizdan yurishiga olib keladi.
Anʻʻanaviy kuch siyosati odatda biror davlatning armiyasi yoki iqtisodiyoti
boshqasini taslim etishini anglatadi. Axborot asrida esa muvaffaqiyat kimningdir
hikoyasi boshqalarning hikoyasi ustidan gʻolib boʻlishiga bogʻliq”.
Oxir-oqibat hammasi “Yolgʻonlar imperiyasi”ning hikoyalariga
bogʻliq...
Qoʻshma Shtatlar oʻzining genotsid bilan boshlangan tarixidan buyon
oʻzini doimo ezgulik tarafdori sifatida koʻrsatib keldi. Mamlakat sarhadlariga
qadam ranjida qilganlarga oʻzini erkinlik va demokratiya inʻʻom etuvchi davlat
oʻlaroq namoyon qildi. U asrlar davomida oʻzi toʻqigan va oʻzinigina ulugʻlovchi
hikoyalarini dunyoga yoymoqda. Yillar davomida ushbu rivoyatlar “Amerika orzusi”,
“demokratiya”, “erkinlik”, “inson huquqlari”, “Gʻarb qadriyatlari”, “qoidalarga
asoslangan tartib”, “xayriya”, “shaxsiy imkoniyatlar”, “qashshoqlikdan boylikka”,
“bir lahzadayoq mashhurlik” kabi gʻoyalarni targʻib qilib keldi. Shunday ekan, “yumshoq
kuch” tushunchasi aynan shu fikrlash tarzi va Amerika kapitalizmining oʻziga xos
iqtisodiy tizimidan kelib chiqqanligi taajjublanarli emas. Amerikaning “yumshoq
kuch” brendi oʻzining jozibador niqobidan foydalanib, imperiya tashqi siyosatining
toji – oʻz oʻljasini yoʻldan ozdirish va aldash uchun mohir marketing hiylasiga
aylandi. Darhaqiqat, bu gegemonning eng makkor va yovuz quroli, chunki u dunyoning
istalgan erida aholi ongini zaharlay oladi.
Ushbu rivoyatlar quyidagilarni keltirib chiqardi:
neokolonializm, vokizm, inkorchilik madaniyati, ezgulikni koʻz-koʻz qilish, shubhali
nodavlat tashkilotlar, rangli inqiloblar, tuzum almashtirish, ruhiy taʻʻsir
operatsiyalari, iqtisodiy beqarorliklar hamda jinslar, anʻʻanalar, jamiyat va
qadriyatlarning yoʻq qilinishi. Bu hikoyalar xushmuomalalik, ikkiyuzlamachilik va
homiylik niqobi ostida nafaqat boshqa insonlarga, balki voqelikka ham nafrat
bilan qaraydi. “Yumshoq kuch” oʻz nishonidan haqiqatni, maʻʻnoni, axloqni va barcha
muqaddas narsalarni tortib oladi.
Bugungi kunda imperiya va uning malaylari Gʻazodagi qirgʻin va
Ukrainadagi urushda bevosita ishtirok etmoqda. Bunga haqiqatni yorituvchi va
imperiyaning yolgʻon rivoyatlarini fosh qiluvchi haqiqiy jurnalistlar va halol
axborot platformalariga qarshi borgan sari kuchayib borayotgan tajovuz, taʻʻqib va
qoʻrqitish kampaniyalarini qoʻshsangiz, ularning asl qiyofasini koʻra olasiz.
Imperiyaning “yumshoq kuch mashinasi” uchun yolgʻon hikoyalarni
tinimsiz ishlab chiqarish odatga aylangan – bu “doimiy yoki majburiy ravishda yolgʻon
gapirishga moyillik bilan tavsiflanuvchi surunkali xulq-atvor”dir. Oqibatda AQSh
boshqaruvidagilar ham boshqalarni aldash uchun uzoq vaqt yolgʻon gapirganidan soʻng,
tez orada oʻz yolgʻonlariga ishona boshladi. Bu esa imperiyani sekin-astalik bilan
umidsizlik chohiga qulatmoqda.
Eʻʻtiborlisi, bugun Gʻazodagi urush fonida “Yolgʻonlar imperiyasi”
rivoyatlarining misi chiqyapti. Hatto Gʻarbning koʻplab fuqarolari ham siyosatdagi
yolgʻon va aldovlarni anglab, haqni toʻliq anglab etmagan boʻlsalar-da, boshqa
tomonga, masalan, Islomga intilishmoqda.
Neoliberalizmning pufaklari yorilib, odamlar haqiqiylik,
samimiylik, ishonch va qadr-qimmatni qoʻmsayapti.