14.03.2025 16:03

Yaponiyalik aktrisa Kae Asakura Malayziyaga qilgan safaridan soʻng Islomni qabul qildi

Yaponiyalik aktrisa Kae Asakura Malayziyaga sayohat qilganidan soʻng islomni qabul qildi, deb xabar bermoqda Mothership.sg.  

Aktrisa islomga oʻtganini TikTok'dagi videosida eъlon qilgan. Asakuraning soʻzlariga koʻra, u Kuala-Lumpurda joylashgan masjidlarga tashrif buyurmoqchi boʻlganida, mahalliy aholi unga roʻmol sovgʻa qilgan.  

"Hijob menga juda mos tushdi. Odamlar menga nisbatan shunchalik mehribon va samimiy ediki, men ularning madaniyatini yaqinroq oʻrganishga qaror qildim. Agar ular meni ochiq qoʻllar bilan kutib olsa, nega men ularning hayot tarzi bilan tanishmasligim kerak?" – deya xotirlaydi aktrisa.  

Ramazon oyida Asakura oʻzining ilk roʻza tutish tajribasini ijtimoiy tarmoqlarda boʻlishdi. U hatto oʻz muxlislarini iftorga taklif qilgan video ham joylashtirdi.  

Asakuraning soʻzlariga koʻra, u islomni qabul qilganini eshitgan musulmonlar unga turli sovgʻalar – xurmo, kitoblar va hatto Makka shahridan keltirilgan namoz gilami hadya qilishgan.

Mavzuga aloqador