21.11.2024 16:44
Xalyaro jinoyat sudi Netanyaxuni hibsga olish uchun order berdi
Xalqaro jinoyat sudi Gʻazo sektorida insoniyat qarshi harbiy jinoyatlarni amalga oshirgan Isroil hukumat rahbari Binyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantni, shuningdek, Al-Qassam brigadalari bosh qoʻmondoni Muhammad Daifni ham hibsga olish toʻgʻrisida qaror qabul qildi.
Xalqaro jinoyat sudi Isroil hukumat rahbari Binyamin Netanyaxu va sobiy mudofaa vaziri Yoav Gallantni Gʻazo sektorida genotsid amalga oshirayotgani uchun hibsga olishga order berdi.
“Xalqaro jinoiy jinoiy ishning dastlabki tergov palatasi kamida 2023 yil 8 oktyabrdan 2024 yilning 20 mayigacha sodir etilgan insoniyatga qarshi jinoyatlar va harbiy jinoyatlar uchun hibsga olish toʻgʻrisida <...> order berdi”, — deyiladi hujjatda.
Xalqaro jinoyat sudi Tel-Avivning vajlarini rad etdi.
“Isroil tomonidan Xalqaro jinoyat sudi yurisdiktsiyasi qabul qilinishi shart emas, chunki sud oʻz yurisdiktsiyasini avvalgi tarkibda I Sudoldi palata tomonidan belgilangan Falastinning hududiy yurisdiktsiyasi asosida amalga oshirishi mumkin [...] Bundan tashqari, davlat hibsga olishga order berilgunga qadar 19-moddaning 2-qismi boʻyicha sud yurisdiktsiyasiga eʻʻtiroz bildirishga haqli emas”, — deyiladi hujjatda.
Isroil bosh vaziri devoni maslahatchisi Dmitriy Gendelman vaziyatni sharhlar ekan, Xalqaro jinoyat sudi qarori Isroilni izolyatsiya qilish kampaniyasiga hissa qoʻshishi va yahudiy davlatiga qarshi terrorchilik hujumlarini osonlashtirishini taʻʻkidladi. Sud shu tariqa "Eron rejimi tomonidan boshlangan mintaqaviy urush" tarafini oldi, dedi spiker.
Prokuror Karim Xon Netanyaxu va Gallantni hibsga olish uchun order berish haqidagi arizani oʻtgan yilning may oyida Xalqaro jinoyat sudining Sudoldi palatasiga topshirgan edi. U oʻz bayonotida 2023 yil oktyabrʻ oyida Gʻazo sektorida boshlangan harbiy kampaniya davomida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar uchun siyosatchilar masʻʻul ekanini taʻʻkidladi. Isroil bu ayblovlarni rad etib, Xalqaro jinoyat sudi bilan hamkorlik qilishdan bosh tortdi.
Xalqaro jinoyat sudi, shuningdek, Al-Qassam brigadalari bosh qoʻmondoni Muhammad Daifni ham hibsga olishga qaror chiqargan.