09.01.2025 11:39

Turkiya Suriyada quruqlik harbiy amaliyot oʻtkazishga tayyorlanmoqda



Turkiya Suriyaning yangi hukumatidan terrorchi guruhlarga qarshi zarur choralarni koʻrishni soʻrash bilan bir qatorda, ushbu mamlakat hududida quruqlikda harbiy amaliyot oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrmoqda. Bu haqda Türkiye Gazetesi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Turkiya qurolli Kurdiston ishchi partiyasini (PKK/YPG) Suriyadan batamom yoʻq qilish maqsadida chegaradagi qoʻshinlarini shay holatga keltirgan.
"Anqara <...> ham Iroqda, ham Suriyada PKK terror tashkilotini yoʻq qilishning barcha stsenariylariga tayyor", - degan nashrning mamlakat Mudofaa vazirligidagi manbasi. 
Bir vaqtning oʻzida Turkiya tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan va milliy mudofaa vaziri Yashar Guler, shuningdek, boshqa yuqori martabali mansabdorlar harbiy amaliyot uchun barcha zarur choralar koʻrilganini taʻʻkidlagan.
Anqaraning rejasi ikki bosqichdan iborat. Birinchi bosqichda Suriyadagi xorijlik PKK aʻʻzolari hech qanday shartsiz mamlakatni tark etadi. Ikkinchi bosqichda esa Suriyalik YPG qoʻmondonlari qurollarini tashlaydi yoki yangi tizimga qoʻshiladi.
Suriya Milliy armiyasi (SMO) ham “Tinchlik bulogʻi” operatsiyasi hududida ogʻir qurollarni joylashtirgan. Ular Halab va Raqqa viloyatlaridagi strategik nuqtalarni mustahkamlamoqda. Ras al-Ayn qoʻmondonining aytishicha, front chiziqlaridagi barcha harbiylar toʻliq tayyorgarlik holatiga keltirilgan.
Turkiya AQShning IShIDga qarshi kurash bahonasi bilan PKK/YPGni qoʻllab-quvvatlashini keskin tanqid qilmoqda. Anqara Suriya hukumatiga IShID aʻʻzolarini nazorat qilish majburiyatini yuklashi mumkinligini bildirdi. Shu bilan birga, xorijlik IShID jangarilari, jumladan, Evropadan kelganlar oʻz davlatlari tomonidan qabul qilinmayotgani muammo boʻlib qolmoqda.