29.09.2025 07:01
94

Trampning Gʻazo boʻyicha rejasi eъlon qilindi


AQSh prezidenti Donald Trampning Gʻazo urushiga yakun yasashga qaratilgan rejalari eъlon qilindi. Al Hadath telekanalining xabar berishicha, hujjatga binoan AQSh bosqinchi isroilning Gʻarbiy Sohilni annektsiya qilishiga yoʻl qoʻymaslik majburiyatini ham olgan.

Rejaning asosiy bandlari quyidagicha:

Oʻt ochishni toʻxtatish va garovdagilarni ozod qilish;

HAMASni qurolsizlantirish: qurolli kurash yoʻlidan voz kechgan jangchilarga amnistiya beriladi;

Gumanitar yordam va tiklanish;

Falastin maъmuriyati islohotlar qilguncha Gʻazo “salohiyatli falastinliklar” tomonidan xalqaro nazorat ostida boshqariladi.

Arab va xalqaro qoʻshinlar Gʻazo xavfsizligini taъminlaydi. isroil esa oʻz qoʻshinlarini bosqichma-bosqich olib chiqib ketadi.

Garovdagilar ozod qilingach, isroil qamoqqa olingan falastinliklarni qoʻyib yuboradi.

Kelgusida Falastin davlatini tuzish imkoniyati muzokaralarda koʻrib chiqilishi mumkin, ammo faqat islohotlar va tiklanishdan keyin.

Mavzuga aloqador