13.02.2025 06:51
549
Tramp va Iordaniya qiroli Falastin boʻyicha muzokara oʻtkazdi
AQSh prezidenti Donalьd Tramp Oq uyda Iordaniya qiroli Abdulloh II bilan uchrashdi. Tramp Gʻazodagi vaziyatni hal qilish uchun falastinliklarni Iordaniya va Misrga joylashtirishni taklif qildi.
“AQSh Gʻazoni sotib olmoqchi emas, balki tinchlik oʻrnatishni xohlaydi. Biz iqtisodiy rivojlanishni taъminlaymiz”, – dedi u fikrini izohlab.
Abdulloh II AQSh rejasini amalga oshirishdan oldin Misr tashabbusini ham eъtiborga olish zarurligini eslatdi. Shu bilan birga, Iordaniya 2000 nafar kasal falastinlik bolani qabul qilishini taъkidladi.
Trampning Gʻazoni egallash rejasi Arab davlatlarini xavotirga soldi. Bu taklif koʻrib chiqilishi uchun 27 fevral kuni favqulodda arab sammiti oʻtkazish rejalashtirildi.