11.09.2025 11:29
33

Tramp tarafdori boʻlgan konservativ siyosiy faol otib oʻldirildi



AQShda prezident Donald Trampning taъsirli ittifoqchisi, oʻng qanot faoli va sharhlovchisi Charlz Kirkga suiqasd uyushtirildi.

Hodisa Kirkning Utah Valley universiteti kampusida nutq soʻzlayotgan paytida sodir boʻlgan. Dastlabki maъlumotlarga koʻra, unga 200 metrga yaqin masofadan oʻq uzilgan. Oʻq Kirkning boʻyniga teggan. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda uning boʻynidan qon favvora boʻlib oqayotgani koʻrinadi.

 Jabrlanuvchi ogʻir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. Biroq keyinroq AQSh prezidenti Donalьd Tramp u vafot etganini maъlum qilgan. Rasmiylar buni «siyosiy suiqasd» deb atamoqda, oʻq uzgan shaxs hamon qoʻlga olinmagan. 
 
Maъlumot uchun, Charlz Kirk 31 yoshda edi. U yoshlar orasida konservativ qadriyatlarni targʻib qiluvchi Turning Point USA   talabalar harakatining asoschisi hisoblanadi. Kirkning millionlab obunachilariga ega podkast platformasi Trampning saylovda gʻalaba qozonishining asosiy omillardan biri sifatida eъtirof etiladi.

Mavzuga aloqador