09.12.2024 10:15
507

Tramp: Bashar Asad Rossiyadan yordam olmagani uchun qochib ketdi



AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Yaqin Sharq davlatidagi vaziyatni sharhlar ekan, Suriya rejimining agʻdarilgan rahbari Bashar Asad Rossiyadan yordam ololmagani uchun mamlakatni tark etgan, deya izoh berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya Ukraina tufayli Suriyaga boʻlgan qiziqishni yoʻqotgan.

Suriya rejimining agʻdarilgan rahbari Bashar Asad Rossiyadan yordam ololmagani uchun mamlakatni tark etdi.
Bu haqda AQShning saylangan prezidenti Donalʻd Tramp Yaqin Sharq davlatidagi vaziyatni sharhlar ekan, aytib oʻtdi.
“Asad ketdi. U oʻz mamlakatidan qochib ketdi. Uning himoyachisi Vladimir Putin boshchiligidagi Rossiya endi uni himoya qilishdan manfaatdor emas”, — deb yozdi Tramp Truth Social’da.
Uning aytishicha, Rossiya Ukraina tufayli Suriyaga boʻlgan qiziqishni yoʻqotgan.
1963 yilda Suriya hokimiyatiga kelgan Baas partiyasining 61 yillik qonli hukmronligi barbod boʻldi. Rejimga qarshi qurolli kuchlarning poytaxt Damashqqa kirishi bilan Bashar Asad rejimi va Baas partiyasining hukmronligi tugadi.
Suriyadagi voqealar
27 noyabrʻ kuni Suriya shimolidagi Halab viloyatining gʻarbiy qismida Asad rejimi kuchlari bilan hukumatga qarshi qurolli guruhlar oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi.
30 noyabrʻ kuni aksilhukumat guruhlari Halab markazining katta qismini rejim kuchlaridan qaytarib oldi va shu kuni Idlibning butun hududi ustidan nazorat oʻrnatdi.
5 dekabrʻ kuni shiddatli toʻqnashuvlardan soʻng fraktsiyalar Xama markazini rejim kuchlaridan qaytarib oldi.
Rejimga qarshi boʻlgan guruhlar strategik ahamiyatga ega boʻlgan Homs viloyatida poytaxt Damashqqa yoʻl ochilgan bir qancha aholi punktlarini nazoratga olib, hujumlarini davom ettirdi.
Suriya Milliy Armiyasi tomonidan 1 dekabrʻ kuni Halab viloyati qishloqlarida “Ozodlik tongi” operatsiyasi davomida viloyat markazi Tell Rifat terroristlardan ozod qilindi.