27.11.2024 11:17
439

"Tolibon"ni taqiqdan chiqaruvchi qonun loyihasi RF parlamentiga kiritildi



Rossiya Davlat Dumasiga "Tolibon"ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarishga xizmat qiluvchi qonun loyihasi kiritildi. U qabul qilinsa, Rossiya bosh prokurori yoki oʻrinbosarining arizasi bilan taqiq sud tomonidan bekor qilinishi mumkin.

"Tolibon" Rossiyaning taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarilgach, rossiyaliklarning harakat safiga qoʻshilishlari mumkin boʻladi. Buning uchun rossiyaliklar jazolanmaydi, dedi tashabbus hammuallifi Ernest Valeev “Gazeta.Ru”ga.

“Mavjud huquq tizimida fuqarolarning xorijiy davlatlar tashkilotlarida ishtirok etishi ragʻbatlantirilmaydi. Agar tashkilot Rossiya hududida nomaqbul deb topilmasa, unga qoʻshilish hech qanday huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi”, — dedi Valeev.

Davlat Dumasiga RFda taqiqlangan tashkilot “terrorizmni targʻib qilish, oqlash va qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan faoliyatini yoki jinoyat sodir etishni toʻxtatgan boʻlsa”, faoliyatini taqiqlashni toʻxtatuvchi qonun loyihasi kiritildi. Loyihada taʻʻkidlanganidek, taqiq Rossiya bosh prokurori yoki oʻrinbosarining arizasiga asosan sud qarori bilan bekor qilinadi. Biroq agar tashkilot terrorchilik faoliyatini qayta boshlasa, taqiqlangan maqom qaytarilishi mumkin. Qonun loyihasining qabul qilinishi afgʻon toliblarini terrorchilik tashkilotlari roʻyxatidan chiqarish imkonini berishi mumkin.

25 noyabrʻ kuni Afgʻonistonning Alemarah portali Rossiya Xavfsizlik kengashi kotibi Sergey Shoygu Afgʻonistonda Afgʻoniston bosh vaziri oʻrinbosari Abdul Gʻani Baradar Oxund bilan muzokaralar chogʻida RFning “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar roʻyxatidan chiqarish rejalari haqida maʻʻlum qilgani haqida xabar berdi.