12.12.2024 12:15
618

"Tolibon" vazirini IShID jangarilari oʻldirdimi?



Afgʻonistonning Muhojirlar ishlari boʻyicha vaziri vazifasini bajaruvchi Halil ar-Rahmon Haqqoniy 11 dekabrʻ kuni Kobulda vazirlik qarorgohida sodir boʻlgan portlashda halok boʻldi.

Mahalliy manbalarning xabar berishicha, portlash namoz payti vazirlik binosida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida bir necha odam halok boʻlgani va jarohatlangani aytilmoqda.

Halil ar-Rahmon Afgʻoniston hukumatidagi muhim shaxslardan biri boʻlib, Ichki ishlar vaziri Sirojiddin Haqqoniyning amakisi edi. Voqealar rivoji davomida IShID Haqqoniyning oʻlimi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga olgan.

Avvalroq, koʻplab tahlilchilar IShIDning Xuroson qanoti kelgusida "Tolibon"ga boshogʻriq boʻlishi haqida prognoz qilishgandi. Shuningdek, ushbu terror tashkilotining AQSh tomonidan moliyalashtirilishi haqida taxminlar ham mavjud.