29.11.2024 14:59
"Tolibon" Istanbuldagi Halal Expo 2024 koʻrgazmasida qatnashmoqda
27-30 noyabrʻ kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtayotgan Halal Expo 2024 koʻrgazmasida "Tolibon" delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.
Harakat delegatsiyasiga "Tolibon" savdo vaziri vazifasini bajaruvchi Nuriddin Aziziy boshchilik qilmoqda.
Savdo vazirligi rahbari Halol mahsulotlar jahon sammitida soʻzga chiqib, Anqarani Afgʻonistonda turk mahsulotlari koʻrgazmasini tashkil etish, turk biznesini esa Afgʻonistonga sarmoya kiritishga taklif qildi.
Shuningdek, Ozarbayjon iqtisodiyot vaziri oʻrinbosari Elnur Aliev bilan savdo aylanmasini oshirish va Lapis-Lazuli yoʻlagi loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. "Tolibon" va afgʻon biznesi Ozarbayjondagi koʻrgazmaga taklif qilindi (nomi va sanasi koʻrsatilmagan).
Turkiya savdo vaziri Omer Bolat bilan delegatsiyalar almashinuvi va koʻrgazmalarni koʻpaytirish, shuningdek, muvofiqlashtiruvchi va texnik qoʻmita tuzish boʻyicha kelishib olindi. Ushbu kengash afgʻon-turk savdosiga toʻsiqlarni aniqlash va ularni hal qilish yoʻllarini taklif qilish uchun moʻljallangan.