23.12.2024 16:30
1716

Tojikiston Markaziy Osiyodagi Xitoyga eng qaram davlat deb topildi. Oʻzbekistonchi?



Bugun dunyoning birinchi iqtisodiyoti boʻlmish AQShni quvib oʻtishga zoʻr berib harakat qilayotgan ikkinchi oʻrindagi Xitoy dunyoning juda koʻp davlatlariga katta miqdorda qarz berishda davom etmoqda. Chin yurtidagilar berayotgan qarzning bir qismi pul mablagʻlari koʻrinishida boʻlsa, qolgan qismi sarmoya koʻrinishida boʻlmoqda.

Yaʻʻni Xitoy qaysidir davlatda amalga oshiriladigan yirik loyiha uchun qurilish ishlarini oʻzi amalga oshirish sharti bilan pul ajratadi.

Xitoy global kuchga qanday aylanib ulgurgani, bu jarayon, umuman, qanday sodir boʻlgani va bu dunyo uchun nimani anglatishi haqida etarlicha munozaralar olib borilmayapti. Koʻpchilik Xitoy oʻzining rivojlanish modelini boshqa mamlakatlarga eksport qiladi va ularga majburlab singdiradi, deb hisoblasa, baʻʻzilar xitoylik ishtirokchilar oʻz taʻʻsirini kengaytirish uchun mahalliy va anʻʻanaviy shakl, meʻʻyor hamda amaliyotlarni moslashtirish va oʻzlashtirish jarayonida mahalliy faollar va muassasalar orqali ham ish olib boradi, deb biladi. 

Xitoyga qaramligi tobora oshib borayotgan Tojikiston misoli

Ayni paytda Xitoy dunyoning aksar rivojlanayotgan mamlakatlari, shu jumladan Markaziy Osiyo oʻlkalariga katta miqdorda qarzlar bermoqda. Bu borada Tojikiston etakchi mamlakat deb topilgan va u beshta mamlakat ichida Xitoyga eng qaram davlat boʻlib qolmoqda. Rossiyalik tahlilchilarning fikricha, respublika "allaqachon Xitoyga qarzni toʻlashda qiyinchiliklarga duch kelmoqda".

Xitoy soʻnggi 22 yil davomida Markaziy Osiyoda rivojlanishni moliyalashtirish uchun 105 milliard dollar sarflagan boʻlib, shundan 18 milliard dollari Oʻzbekistonga yoʻnaltirilgan. Ushbu mablagʻning yarmini Xitoy tashqi iqtisodiy siyosatining muhim moliyaviy vositasi hisoblangan Xitoy taraqqiyot banki (CDB) tomonidan berilgan kreditlar tashkil etadi.

Tojikiston Moliya vazirligining maʻʻlumotlariga koʻra, 2024 yil 1 yanvarʻ holatiga Dushanbening tashqi qarzi 3,2 milliard AQSh dollarini yoki yalpi ichki mahsulotning 26,9 foizini tashkil etgan. Mamlakatning eng yirik kreditori Xitoy boʻlib, undan 900 million dollar miqdorida qarzdorlik mavjud. Bu qarzning asosiy qismi Xitoy Eksim Bankidan olingan.

Rossiyaning Tahliliy kredit reyting agentligi (AKRA) mutaxassislari fikricha, Xitoy uchun Markaziy Osiyodagi eng dolzarb maqsadli yoʻnalishlar "Bir makon - bir yoʻl" tashabbusi doirasida transport yoʻlaklarini yaratish va resurslardan foydalanishni diversifikatsiya qilishdir.

Ushbu agentlikning "Sharq va Gʻarb oʻrtasida" nomli tadqiqotida aytilishicha, Xitoy bu maqsadlarni amalga oshirish uchun odatda bozor qarzlaridan arzonroq boʻlgan tashqi moliyalashtirishni taqdim etadi.

"Masalan, Xitoy Eksport-import banki Tojikistonga 2-2,5% stavkada 18 ta kredit ajratgan, imtiyozli davr besh-etti-toʻqqiz yilni, kredit muddati esa 25 yilni tashkil etadi," deya taʻʻkidlaydi tadqiqot mualliflari Tojikiston Moliya vazirligi maʻʻlumotlariga asoslanib.

Ularning taʻʻkidlashicha, "Bir makon - bir yoʻl" tashabbusi Xitoy uchun tashqi savdo yoʻllarini kengaytirish va uni Gʻarb bozori bilan yanada chuqurroq bogʻlashga qaratilgan.

Bugungi kunda Xitoyning ushbu qarz siyosati koʻpchilik mutaxassislar tomonidan “qarz qopqon” siyosati deb yuritiladi. 

Qarz qopqoni diplomatiyasi

"Qarz qopqoni diplomatiyasi" tushunchasi dastlab 2017 yilda hind olimi Brahma Chellaney tomonidan ilgari surilgan. Bu atama Xitoyning "Bir makon - bir yoʻl" tashabbusi nisbatan yangi siyosat vositasini ifodalaydi. Strategiya Xitoyning kam daromadli va katta qarzi bor mamlakatlarga qaytara olmaydigan darajada koʻp miqdorda kredit berishini nazarda tutadi. Natijada bu qarz olgan davlatlar oʻz qarz yukini engillashtirish uchun strategik aktivlarini Xitoyga topshirishga majbur boʻladi. Soʻnggi tadqiqotlarning koʻrsatishicha, Pekin aynan shu mamlakatlar uchun muhim favqulodda qutqaruvchi kreditorga aylangan, chunki ularning koʻpchiligi oʻz qarzlarini boshqarishda qiynalmoqda.

2008-2021 yillar oraligʻida Xitoy 22 ta davlatni, asosan Shi Jinpinning “Bir makon - bir yoʻl” loyihasida ishtirok etayotgan mamlakatlarni “qutqarish” uchun 240 milliard dollar ajratgan. Shri-Lanka, Pokiston, Moʻgʻuliston, Zambiya, Kongo, Jibuti, Keniya va Efiopiya, shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlari soʻnggi yillarda Xitoyning qarz qopqoni siyosatidan sezilarli darajada zarar koʻrdi. Yuqoridagi Tojikiston misolidan har qanday holatda ham Xitoyga nisbatan jiddiy qaramlik yuzaga kelishi maʻʻlum boʻldi. Markaziy Osiyo davlatlari ichida Xitoydan qarz olish borasida Tojikiston yagona emas. 

Oʻzbekiston haqida nima deyish mumkin?

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston tashqi qarzining oʻsish surʻʻati keskin oshishda davom etmoqda. Xususan, 2017 yil yakunlari boʻyicha davlat qarzi 11,6 mlrd dollarni tashkil etgan boʻlsa, 2023 yilning oxiriga kelib 34,9 mlrd dollarga etdi yoki 3 barobarga koʻpaydi. 

Oʻzbekistonda hukumat tomonidan siyosiy nazorat kuchli boʻlgani sababli jamiyat hali mamlakatning oʻsib borayotgan tashqi qarzi haqida sezilarli ijtimoiy yoki siyosiy joʻshqinlik namoyon etmayapti. 2023 yil 1 iyulʻ holatiga koʻra, Xitoy Oʻzbekistonning eng yirik yagona kreditori. Xitoydan Oʻzbekistonning qarzi 3,8 milliard dollarni tashkil etadi, Oʻzbekistonning boshqa yirik kreditorlari Yaponiya va Janubiy Koreya esa mamlakatimizga mos ravishda 2,1 milliard va 900 million dollar qarz bergan. 

Oʻzbekiston Xitoy bilan qachondan yaqinlasha boshlagan edi? 

2005 yildagi Andijon voqealari va xalqaro tanqidlardan soʻng Oʻzbekiston Xitoy timsolida ishonchli ittifoqdosh topdi. Bu davr Xitoyning Oʻzbekiston iqtisodiyotiga yirik investitsiyalar kiritishining boshlanishi boʻldi. Kelgusi yillarda Oʻzbekistonning barqaror iqtisodiy oʻsishi va iqtisodiy ochiqlikka intilishi fonida ushbu hamkorlik jadallik bilan rivojlanishda davom etadi.

Xitoy taraqqiyot banki kreditlari qaerga yoʻnaltirilmoqda?

Yigirma yillik davr mobaynida Oʻzbekistonda moliyaviy majburiyatlarning etakchi sohasi sanoat, kon-qazilma ishlari va qurilish (63,3 foiz) boʻlib kelmoqda. Bu sohalarga mintaqadagi eng yirik loyihalar - Markaziy Osiyo-Xitoy gaz quvuri hamda "Oltin yoʻl" gazni suyuqlikka aylantirish zavodi ham kiradi. 

Ikkinchi yirik soha transport va ombor xoʻjaligi boʻlib, asosan Boeing va Airbus samolyotlarini xarid qilish bilan bogʻliq. Uchinchi oʻrinda energetika sohasi turadi. AidData maʻʻlumotlariga koʻra, Xitoy infratuzilma barpo etmoqda, qurilish olib bormoqda va asosan tabiiy resurslar bilan bogʻliq loyihalarga sarmoya kiritmoqda.

Pul miqdori jihatidan kichik boʻlsa-da, telekommunikatsiya sohasi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xitoy Taraqqiyot Banki Oʻzbekistonga 2007 yilda sarmoya kiritishni boshlagan boʻlib, uning 15,5 million dollarlik ilk krediti "Oʻzbektelecom"ga yoʻnaltirilgan. Bir yil oldin bank Tojikistonga "TK Mobile" uyali aloqa kompaniyasini rivojlantirish uchun 70 million dollar, Qirgʻizistonning "Qirgʻiz-Telekom" telekommunikatsiya kompaniyasiga esa 6,6 million dollar ajratgan edi. 

Resurslar evaziga qarz kelishuvi

Markaziy Osiyo - Xitoy gaz quvuri loyihasi uchun Xitoy Taraqqiyot banki va Xitoy banki tomonidan berilgan kreditlarni gaz sotish orqali qaytarish rejalashtirilmoqda. Xitoy qarzni nopul shaklda olishga qarshi emas, masalan, muhim infratuzilmani boshqarish huquqini yoki resurslarni oʻzlashtirish uchun litsenziya olish orqali.

Misol uchun, 2019 yilda Xitoyning "TBEA" kompaniyasi "Dushanbe-2" issiqlik elektr stantsiyasini qurish uchun avval sarflagan mablagʻ evaziga Tojikistondagi Yuqori Kumarg va Duoba oltin konlarini oʻzlashtirish huquqini qoʻlga kiritdi.

Buni qirgʻiz siyosatchilarining bayonotlari ham tasdiqlaydi. 2021 yilda prezident Sadir Japarov va 2022 yilda bosh vazir Aqilbek Japarov (qarindosh emas) Xitoyga qarz toʻlanmagan taqdirda, strategik obʻʻektlar ustidan nazorat Xitoyga oʻtkazilishini maʻʻlum qilgan edi. Shuningdek, 2011 yilda Tojikistonning 1158 kvadrat kilometr hududi Xitoyga oʻtkazilgani haqidagi voqeani ham eslatib oʻtish joiz.

Korruptsiya sxemalari

Xitoy banklari va kompaniyalari bilan hamkorlikning yana bir xavfi korruptsiyaviy sxemalarga aralashib qolishdir. 2021 yilda Xitoy Taraqqiyot Banki korruptsiyaga qarshi kurash kampaniyasi markazida boʻldi, natijada toʻqqizta yuqori lavozimli rahbar ishdan boʻshatildi. Oʻtgan yilning sentyabrʻ oyida mazkur bankning sobiq vitse-prezidenti Chjou Sinyu 5 million yuan (712 ming AQSh dollari) miqdorida pora olganini tan oldi.

Qirgʻizistonda Xitoy kompaniyalari bilan bogʻliq koʻplab korruptsiya holatlari ham kuzatilgan. Masalan, Xitoyning TBEA Co., Ltd. kompaniyasi tomonidan Bishkek issiqlik elektr stantsiyasini qayta qurish loyihasidan soʻng Qirgʻizistonda bir nechta mansabdor shaxslarga, jumladan, sobiq bosh vazirlar Sapar Isakov va Jantoro Satibaldievga nisbatan korruptsiya va mansab vakolatlarini suiisteʻʻmol qilish boʻyicha jinoiy ishlar qoʻzgʻatildi. Bosh prokuror davlatga etkazilgan zararni 111 million dollarga baholadi. Isakov, shuningdek, TBEA manfaatlarini himoya qilishda ayblandi va keyinchalik sobiq prezident Almazbek Atamboevga ham ayblov eʻʻlon qilindi.

Bundan tashqari, 2018 yilda "Shimol-Janub" yoʻl loyihasini amalga oshirayotgan CBRC qurilish xarajatlarini har bir kilometr uchun 3 million dollargacha oshirib koʻrsatganlikda ayblandi, 2021 yilda esa Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi kompaniyani narxlarni 123 million dollarga oshirib koʻrsatganlikda gumon qildi.

Oʻzbekiston uchun toʻgʻri yoʻl qanday? 

Soʻnggi yigirma yil mobaynida Xitoy taraqqiyot bankining Oʻzbekistonga bergan katta miqdordagi kreditlari mamlakatning uzoq muddatli istiqboliga oid xavotir va savollarni keltirib chiqarmoqda. Markaziy Osiyodagi Xitoy tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarning katta qismi Xitoy uskunalari va xizmatlaridan foydalanishni talab qilishi mahalliy iqtisodiy foyda va texnologik mustaqillikni cheklashi mumkin. Qarzlarni toʻlashning imkoni boʻlmasa, strategik aktivlarni nazorat qilishdan mahrum boʻlish xavfi ham yuqori, buni qoʻshni davlatlardagi shunga oʻxshash vaziyatlar ham tasdiqlaydi. Nihoyat, bunday yirik moliyaviy operatsiyalarda korruptsiya ehtimoli rivojlanishning koʻzlangan afzalliklarini pasaytirishi mumkin.

Oʻzbekiston uchun Xitoy bilan qarz aloqalarini boshqarishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Tojikiston tajribasi shuni koʻrsatadiki, haddan tashqari qarzdorlik strategik aktivlarni yoʻqotish va iqtisodiy mustaqillikning cheklanishiga olib kelishi turgan gap. Qolaversa, yuqorida keltirib oʻtilganidek, Xitoy bilan amalga oshiriladigan loyihalarda korruptsiya xavfi ham mavjud. Oʻzbekiston hukumati qarz siyosatini boshqarishda uzoq muddatli strategik manfaatlarni hisobga olgan holda, iqtisodiy mustaqillikni saqlashga qaratilgan yondashuvlarni qoʻllashi lozim. Bunda qarz hajmini cheklash, mahalliy resurslardan foydalanish va iqtisodiy diversifikatsiyani taʻʻminlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Oʻzbekiston uchun Xitoy bilan qarz aloqalarini boshqarishda ehtiyotkorlik talab etiladi. Tojikiston tajribasi shuni koʻrsatadiki, haddan tashqari qarzdorlik strategik aktivlarni yoʻqotish va iqtisodiy mustaqillikning cheklanishiga olib kelishi turgan gap. Qolaversa, yuqorida keltirib oʻtilganidek, Xitoy bilan amalga oshiriladigan loyihalarda korruptsiya xavfi ham mavjud.