24.12.2024 12:53
703
Tojikiston maktablari va bogʻchalarida yangi yil tadbirlarini oʻtkazishga cheklov kiritildi
Tojikiston Taʻʻlim va fan vazirligi, yangi yil arafasida maktablar, oliy oʻquv yurtlari va maktabgacha taʻʻlim muassasalarida archa oʻrnatish va boshqa ziyofatlar tashkil qilishni taqiqladi. Ijtimoiy tarmoqlarning tojik sigmentida bu xabar qizgʻin muhokama qilinyapti.
Vazirlikning taʻʻkidlashicha, maktablarda va bolalar bogʻchalarida bayram tadbirlari oʻtkazish oʻrniga, darslar va sinf soatlari doirasida sheʻʻr aytish va rasm chizish kabi madaniy tadbirlar tashkil etilishi mumkin. Shuningdek, umumtaʻʻlim maktablarida oʻquv dasturlariga uygʻun tadbirlar uchun cheklovlar qoʻyilmaydi.
Ayni paytda Dushanbening toʻrtta tumanida maktab oʻquvchilari uchun koʻngilochar dasturlar tashkil etilib, ularning ota-onalari bilan birga vaqt oʻtkazishi uchun archalar oʻrnatilgan.
Maʻʻlumot uchun, 2012 yildan beri Tojikistonda maktablar va bogʻchalarda yangi yil bayramlarini oʻtkazish taqiqlangan. Bu qaror isrofgarchilikka qarshi kurashish va ota-onalarning bayram tadbirlari uchun mablagʻ yigʻilishidan shikoyatlari asosida qabul qilingan edi.

