24.12.2024 15:56
515
Tojikiston bilan munosabatlarimiz yaxshilanmoqda – «Tolibon»
«Tolibon» harakatining rasmiy vakili Zabihulloh Mujohid «Tolo News» telekanaliga bergan intervʻyusida Afgʻoniston va Tojikiston oʻrtasidagi aloqalar kundan kunga yaxshilanib borayotgani haqida soʻz ochdi
Unga koʻra, «Tolibon» koʻplab mamlakat vakillarini Afgʻoniston xavfsiz joy ekanligiga va uning hududida xorijliklar uchun tahdid tugʻilishiga yoʻl qoʻyilmasligiga ishontirishga muvaffaq boʻlgan.
Bu «Tolibon»ning Tojikiston bilan munosabatlari haqidagi birinchi chiqishi emas. Mujohiddan oldinroq ham harakatning yana ikki yuqori martabali amaldori Dushanbe bilan hamkorlik mustahkamlanayotgani haqida maʻʻlum qilgan.
Shunga qaramay, rasmiy Tojikiston bu bayonotlarga hech qanday izoh bergani yoʻq. Afgʻonistonda «Tolibon» hokimiyatga kelganidan beri Tojikiston bir necha bor harakatni tanqid qilib, qoʻshni davlatda inklyuziv hukumat yaratishga chaqirgan.

