20.01.2025 13:13

The Economist: Husiylar jahon iqtisodiyotiga 200 mlrd dollar zarar etkazdi



The Economist nashrining yozishicha, 2024 yilda Yaman Husiylarining Qizil dengizda Isroilga aloqador kemalarga hujumlari ortidan jahon iqtisodiyoti katta zarar koʻrgan. Jumladan, dengiz orqali yuk tashish narxlari besh baravar oshgan.

Qayd etilishicha, Misr eng katta moliyaviy yoʻqotishga uchragan mamlakat boʻldi. Suvaysh kanalidan tushadigan daromadlar 7 milliard dollarga qisqargan, bu odatiy daromadning uchdan bir qismini tashkil etadi. Shuningdek, AQSh oʻz kemalarini himoya qilish uchun 5 milliard dollar sarfladi.

Husiylar hujumlari Gʻarb kemalarini Afrikani aylanib oʻtishga majbur qilgan. Foydalanilayotgan yoʻnalishlarning uzunligi 6 ming kilometrgacha choʻzilgan, yoʻl vaqti esa 10-14 kunga uzaygan. Natijada yuk tashish xarajatlari har bir reys uchun qoʻshimcha 1 mln dollarga oshgan. Qizil dengizda sugʻurta tariflari ham 20 baravarga qimmatlashgan.

Bildirilishicha, mavjud vaziyatdan Xitoy va Rossiya foyda koʻryapti. Husiylar ushbu davlatlarning kemalariga hujum qilmasligini bildirgan, bu esa Rossiyaga tegishli neftʻ tashishda qulaylik yaratdi. Shu bilan birga, kemachilik kompaniyalari ham katta daromadga ega boʻldi.

Ayni paytda AQSh va Isroil harbiylari Husiylarning harbiy obʻʻektlariga zarba berish orqali javob qaytarmoqda. Gʻarb davlatlari, shu jumladan, Buyuk Britaniya dengiz xavfsizligini taʻʻminlash operatsiyalarida qatnashmoqda.