18.01.2025 17:12
603
Tehronda Oliy sud binosi oldida otishma: ikki sudya halok boʻldi
Eron poytaxtidagi Oliy sud binosi oldida yuz bergan qurolli hujum oqibatida ikki sudya — Ali Razini va Muhammad Mokiseh halok boʻldi, yana bir sudya yaralandi. Bu haqda IRNA agentligi xabar tarqatdi.
Otishma ertalab sodir boʻlgan. Nomaʻʻlum shaxs sudyalarga qurol bilan hujum qilgan va hodisadan soʻng oʻz joniga qasd qilgan. Dastlabki tergov maʻʻlumotlariga koʻra, hujumchi Oliy sud tomonidan koʻrib chiqilgan hech qaysi ishga bevosita aloqador emas.
Qayd etilishicha, Ali Razini 1998 yilda ham suiqasd qurboni boʻlish arafasida qolgan. Oʻshanda u Tehron bosh sudyasi sifatida faoliyat yuritgan, hujumchilar uning mashinasiga bomba oʻrnatgan boʻlib, portlash natijasida Razini jarohat olgan edi.
Jinoyat sabablari va hujumchining shaxsi boʻyicha tekshiruv ishlari davom etmoqda. Eron huquq-tartibot organlari tergov jarayoniga oid qoʻshimcha maʻʻlumotlarni yaqin kunlarda eʻʻlon qilishi kutilmoqda.

