07.01.2025 06:30
669
Suriyaning yangi rahbariyati rasmiy tashrif bilan BAAga bordi
Suriya muvaqqat hukumati tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Asad Hasan ash-Shiboniy boshchiligidagi delegatsiya Birlashgan Arab Amirliklariga (BAA) rasmiy tashrif bilan bordi. Tashrif doirasida mamlakatlar oʻrtasidagi hamkorlik va muvofiqlashtirish istiqbollari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Delegatsiya tarkibida mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Murxaf Abu Qasra va Bosh razvedka xizmati rahbari Anas Hasan Xattob ham bor.
Bu tashrif BAAning Suriyada hokimiyat almashganidan soʻng qabul qilgan uchinchi yuqori martabali delegatsiyasi boʻldi. Yaqinda ushbu delegatsiya Qatarda Amirlik Tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdul Rahmon Ol Soniy bilan, undan avval esa Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vaziri shahzoda Faysal bin Farxon Ol Saud bilan muzokaralar oʻtkazgan edi.
Yaqin kunlarda Suriya delegatsiyasi Iordaniyaga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.
Avvalroq, 3 yanvarʻ kuni Germaniya va Frantsiya Tashqi ishlar vazirlari Annalena Berbok va Jan-Noelʻ Barro Damashqqa tashrif buyurib, Suriyaning amaldagi rahbari Ahmad ash-Sharʻʻ bilan uchrashgan edi. Ular Evropa Ittifoqi Suriyada hokimiyatning tinch va inklyuziv oʻzgarishini qoʻllab-quvvatlashini taʻʻkidlagan.