12.12.2024 16:01
1003

Suriyani nima kutmoqda? Voqealar rivojlanishining uchta stsenariysi



Suriyada Bashar Asad rejimi agʻdarilgandan soʻng, mamlakat kelajagi haligacha noaniq boʻlib qolmoqda. Mutaxassislar vaziyatning rivojlanishi boʻyicha uch asosiy stsenariyni koʻrib chiqmoqdalar

1. Birlashgan Suriya
Mamlakatdagi etakchi guruhlar oʻzaro kelishuvga erishib, barqarorlikka intiladi. Hayʻʻat Tahrir ash-Shom (HTSh) rahbari Abu Muhammad al-Juloniy hukumat tuzish va milliy yarashuvni amalga oshirishga vaʻʻda bermoqda.
Muvofaqiyatga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar: bu barcha siyosiy va etnik kuchlarning hamkorligi. Muxolifatning oʻzaro murosaga kelishi.
Qiyinchiliklar: bir qancha qurolli guruhlar mustaqil hokimiyatni istashlari. Markaziy hukumatga boʻysunmaslikka tayyor qoʻzgʻolonchi qabilalar.
Ekspertlar fikriga koʻra, bu stsenariy muvaffaqiyatli boʻlishi uchun mintaqaviy davlatlar va xalqaro hamjamiyatning kuchli qoʻllab-quvvatlashi zarur.

2. HTShning avtoritar hokimiyati
HTSh oʻz hokimiyatini mustahkamlab, mamlakatda markazlashgan avtoritar boshqaruvni joriy qiladi. Bu guruh allaqachon Idlibda kuchli mavqega ega va oʻzini samarali maʻʻmuriyat sifatida namoyon qilmoqda.
HTShning muxolifatga nisbatan repressiv siyosati. Islom qonunlari asosida boshqaruv va barqaror davlat xizmatlari tizimini yoʻlga qoʻyish.
Qurolli guruhlarni markazlashtirish orqali urushlar sonini kamaytirish.
Ammo koʻplab guruhlar HTShning avtokratiyaga moyilligiga ishonmaydilar, bu esa yangi qarshiliklarga olib kelishi mumkin.

3. Fuqarolar urushi va tartibsizliklar
Eng qoʻrqinchli stsenariy – hokimiyat vakuumining yangi qurolli toʻqnashuvlarga olib kelishi.
Liviya va Iroqda arab bahori natijasida yuzaga kelgan tartibsizliklar kabi oʻxshash holatlar.
Hokimiyat uchun qurolli guruhlar oʻrtasidagi toʻqnashuvlar va hududdagi terrorchi tashkilotlarning faollashuvi kabi xatarlar.
Bu holat nafaqat Suriya, balki butun mintaqaning beqarorlashuviga olib kelishi mumkin.
Bashar Asad rejimi Eron va Rossiyaning koʻmagiga suyangan boʻlsa, muxolifat Turkiya, AQSh va Gʻarb davlatlari tomonidan qoʻllab-quvvatlangan.
Isroil esa mamlakatdagi har qanday Eron taʻʻsirini yoʻq qilish uchun havo hujumlarini davom ettirmoqda.
Turkiya oʻz manfaatlarini himoya qilish maqsadida kurdlarga qarshi operatsiyalar oʻtkazmoqda.
Xalqaro hamjamiyatning qoʻllab-quvvatlash yoki sanktsiyalarni bekor qilish siyosati Suriyaning rivojlanishiga katta taʻʻsir koʻrsatadi.
Suriyaning kelajagi ichki va tashqi omillarga bogʻliq. Millatlararo yarashuv va xalqaro hamjamiyatning yordami bu mamlakatning barqarorligi va rivojlanishi uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi. Ammo ichki qurolli toʻqnashuvlar davom etishi mintaqaning yanada beqarorlashuviga sabab boʻlishi mumkin.