09.12.2024 07:27
909
Suriyadagi soʻnggi vaziyat
Suriya muxolifat kuchlari mamlakatni toʻliq nazorati ostiga olish uchun kurashni davom ettirmoqda. Ayni paytda Kurdiston ishchi partiyasi qoʻlida boʻlgan hududlarni egallashga kirishilgan. Ayni paytda, Isroil Suriya hududlarini bombalab, bir qismini bosib oldi. Soʻnggi vaziyat
▪️Bashar Asad va uning oila aʻʻzolari Moskvaga etib keldi, Rossiya ularga siyosiy boshpana berdi, deya xabar qildi TASS agentligining Kremldagi manbasi.
▪️Suriya Milliy Armiyasi (SMA) Manbij shahrini terror tashkiloti Kurdiston ishchi paprtiyasi (PKK) qoʻlidan ozod qildi.
▪️Baydenning Suriya boʻyicha bayonoti: "Nihoyat, Asad rejimi quladi. Bu rejim tom maʻʻnoda yuz minglab begunoh suriyaliklarni ezdi, qiynoqqa soldi va oʻldirdi. Rejimning qulashi adolatning asosiy harakatidir".
▪️Iroq shia etakchisi Muqtada as-Sadr: "Islom va insoniyat nomidan ikki qardosh xalq oʻrtasida muvozanatli munosabatlar oʻrnatilishiga umid qilamiz va kutamiz. Taqdirimiz bir va dushmanga mazhabchilik, siyosiy kelishmovchilik va millatchilik bahonasida bizni boʻlinishiga yoʻl qoʻymaymiz. Iroq va Suriya xalqini Alloh panohida asrasin".
▪️Hozirgacha Damashqdagi Saydnaya qamoqxonasidan 20 yoshdan 37 yoshgacha boʻlgan 11 700 nafar ayol qutqarilgan. Ularning zoʻrlash sababli dunyoga kelgan yuzlab farzandlari bor.
▪️HAMASning marhum rahbari Xolid Mashʻʻalning yaqin doʻsti va Al-Qassam brigadalari rasmiysi Mamun al-Juladiy Asad rejimi zindonlarida 9 yil oʻtirganidan soʻng ozod qilindi.
▪️2023 yil oktyabrʻ oyida uyidan “Gʻazoga ketyapman” deb chiqib ketgan va chegarani kesib oʻtib, Asad rejimi tomonidan Damashq qamoqxonasiga tashlangan Engin Arslan ismli turkiyalik yigit ozod qilindi.
▪️Rossiya oʻz askarlarini Suriyadan xavfsiz olib chiqish uchun Turkiyadan yordam soʻradi (CNN Turk)
▪️Misr va Iordaniyadagi rejimlar Suriyada sodir boʻlayotgan voqealar islomiy harakatlarni oʻzlariga qarshi jonlantirishi mumkinligidan xavotirda.
▪️Isroilning "12-kanal"i: Yaqin Sharqdagi har bir etakchi ularning rejimi bir necha soat ichida qulashi mumkinligini koʻrdi. Buni Misr, Iordaniya va boshqa hamma joylarda koʻrish mumkin. Bu haqiqatan ham koʻplab rahbarlarni qoʻrqitadi".
▪️Isroilning "12-kanal"i: Isroil qoʻshinlari SAsad rejimi qulaganidan soʻng butun mamlakatni bombalamoqda. Jumladan, Kimyoviy qurollar va ballistik raketa dasturlari boshqariladigan Ilmiy tadqiqot markazi bombalandi.
▪️Shuningdek, Isroil qoʻshinlari Suriya hududiga 14 kilometr ichkariga kirdi Suriyaning eng baland nuqtasi boʻlgan Xermon togʻini nazorat ostiga oldi.
▪️Isroil Suriya janubidagi Quneytra, Al Hamidiya, Samdaniya, Al Gʻarbiya va Al Qahtaniya mintaqalarida yashovchilarni uylarida qolishlari haqida ogohlantirdi.
▪️Bashar Asadning amakivachchasi Sulaymon Asad oʻldirildi.
▪️Bashar Asadning akasi Mohir Asadning yordamchilaridan biri Ali Mahmud Damashqdagi uyida otib oʻldirilgan holda topildi. Mahmud tinch aholiga qiynoqlar koʻrsatishga masʻʻullardan biri edi.