29.11.2024 07:18
Suriyada eronlik general oʻldirildi
Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida hukumatga qarshi guruhlar va mamlakat armiyasi oʻrtasidagi janglar davom etmoqda. Ana shunday janglardan birida Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi generali Qayumars Purxashimiy halok boʻlgani aytilmoqda.
Eron Islom inqilobi qoʻriqchilari korpusi (IIQK) qoʻmondonligi brigada generali Qayumars Purxashimiy Suriya hukumatiga qarshi qurolli guruhlarning Halab gʻarbiga uyushtirgan hujumi chogʻida oʻldirilgani taxmin qilinmoqda.
IIQKa yaqinligi bilan tanilgan Eronning yarim rasmiy Tasnim axborot agentligi xabariga koʻra, “harbiy maslahatchi” sifatida taʻʻriflangan brigada generali Purxashimiy Halab yaqinida Suriya muxolifatining hujumi oqibatida halok boʻlgan.
Hisobotda Purxashimiyning harbiy vazifalari haqida batafsil maʻʻlumot berilmagan.
Maʻʻlumot uchun, ikki kundan beri Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida Bashar al-Assad rejimi va hukumatga qarshi qurolli "Hayʻʻat Tahrir ash-Sham (HTSh) guruhi oʻrtasida toʻqnashuvlar davom etmoqda.
Toʻqnashuvlar chogʻida rejim muxoliflari Asad rejimi nazorati ostidagi jami 39 qishloqni qoʻlga kiritdi.