17.05.2025 11:45
116

Suriya Rossiyada pul bosishdan voz kechyapti



Suriya banknotlarini BAA va Germaniyada chop etishni rejalashtirmoqda. Bunga qadar u 10 yildan oshiq vaqt davomida Rossiya bilan hamkorlik qilib kelgan edi. 

Mamlakat rasmiylari bu borada Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Germaniya bilan hamkorlik oʻrnatishni rejalashtirmoqda.

Suriya hukumati maъlum vaqtdan beri pul kupyuralarini BAA va Germaniyada chop etish imkoniyatlarini oʻrganmoqda. 

Bu yoʻnalishdagi harakatlar ayniqsa 2025 yil fevralь oyida Evropa Ittifoqi Damashqqa nisbatan sanktsiyalarni yumshatganidan soʻng faollashgan.

Ayni paytda Germaniyaning ikki kompaniyasi Suriya funtlarini chop etishga qiziqish bildirgan.

Shuningdek, Suriyaning yangi hokimiyati funtlarning dizaynini oʻzgartirishni, jumladan banknotlardan sobiq prezident Bashar Asadning portretini olib tashlashni rejalashtirmoqda.

Mavzuga aloqador