31.12.2024 10:45
476

Suriya Markaziy bankiga ilk bor ayol rahbarlik qiladi


Kecha, 30 dekabrʻ kuni Meysa Sabrin Suriya Markaziy banki raisi etib tayinlandi. Bu tarixiy qaror orqali u mamlakatda ushbu lavozimni egallagan birinchi ayol boʻldi. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali xabar berdi.

Qayd etilishicha, Meysa Sabrin bank sohasida katta tajribaga ega. U avvalroq Markaziy bank raisi oʻrinbosari va boshqaruvchi direktori sifatida faoliyat yuritgan. Shuningdek, 2018 yildan buyon Damashq birjasi direktorlar kengashida Markaziy bankdan vakil boʻlgan.

Sabrinning bu lavozimga tayinlanishi xalqaro hamjamiyatning Suriyada ayollarga ijtimoiy va siyosiy sohalarda koʻproq imkoniyat berish haqidagi chaqiriqlariga mos keladi.

Shuningdek, ushbu oy boshida Shom diyorida yana bir muhim voqea roʻy berdi: Oysha al-Dibas ayollar ishlari boʻyicha vazir etib tayinlandi. U Suriya hukumatida vazirlik lavozimini egallagan birinchi ayol boʻldi.