17.07.2025 06:15
186

Sovetcha terror: afgʻon muslimalarini oʻgʻirlash va zoʻrlash kimga kerak boʻlgan?


SSSRning Afgʻonistondagi harbiy kampaniyasi davrida (1979–1989) sovet harbiylari va afgʻon XAD (Xadamot-i ittilooti davlati – Davlat xavfsizlik xizmati) kuchlari tomonidan tizimli ravishda muslimalarning oʻgʻirlanishi, zoʻrlash va shafqatsiz muomala qilish holatlari kuzatilgan.

Ommaviy oʻgʻirlashlar va guruh boʻlib zoʻrlashlar

Sovet askarlari va XAD agentlari Kabul, Lagmon, Darul-Aman va boshqa mintaqalarda ayollarni ushlab ketib, ularni zoʻrlash va mahalliy aholini qoʻrqitish bilan shugʻullangan.

Amnesty International’ning 1999 yildagi hisobotida quyidagi izohlarni oʻqishimiz mumkin:

"Ayollarni koʻp hollarda oʻgʻirlashardi, zoʻrlashardi, fohishalikka majburlashardi... Bu “urush gʻanimati” sifatida koʻrilardi".

Zoʻravonlik – shubhasiz terror quroli

Human Rights Watch va BMT maъlumotlariga koʻra, bu zoʻravonliklar tasodifiy emas edi. U mojohidlarga yordam berishda gumon qilingan jamoalarni qoʻrqitish vositasi sifatida qoʻllanilgan.

Sharmandalikdan qoʻrqqan ayollar zoʻrlanish holatlarini bildirishmagan. Natijada oʻn minglab qurbonlarga nisbatan adolat qaror topmadi – birorta ish tergov qilinmadi, sudga etkazilmadi.

Huquqiy baho

Bu harakatlar quyidagilarga formal jihatdan toʻgʻri keladi:

Urush jinoyatlari – chunki tinch aholiga qarshi sodir etilgan;

Insoniyatga qarshi jinoyatlar – zoʻrlashlar tizimli va maqsadli amalga oshirilgan.

SSSR bu jinoyatlar uchun rasman javobgarlikni tan olmagan.