Somalidagi toʻqnashuvlarda 70 nafar Ash-Shabab jangarisi yoʻq qilindi
19 may kuni Somali Axborot vazirligi tomonidan eъlon qilingan maъlumotga koʻra, soʻnggi 48 soat ichida Hirshabelle shtatida Somali armiyasi va Ash-Shabab jangarilari oʻrtasida kuchli toʻqnashuvlar sodir boʻldi.
Rasmiy bayonotda taъkidlanishicha, mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan va mintaqaga tarqalishga urinayotgan terrorchilik guruhiga qattiq zarba berilgan, natijada 70 nafar jangarining yoʻq qilingani qayd etilgan.
Shuningdek, operatsiyalarda mahalliy aholi tomonidan koʻrsatilgan yordam alohida eъtirof etilgan va armiya bilan aholi hamkorligi tufayli guruhning ilgarilashi toʻxtatilgani bildirilgan.
Ash-Shabab Hirshabellening Hiran va Oʻrta Shabel viloyatlari orasidagi joylashuv nuqtalariga koʻplab hujumlar uyushtirgan. Ushbu guruh avvalroq viloyatdagi strategik ahamiyatga ega boʻlgan Adan Yabal shahrini egallab, oʻz taъsirini kengaytirishga uringani ham qayd etilgan.