30.01.2025 13:08
514

Shvetsiyada Qurʻʻonni yoqqan Salvan Momika otib oʻldirildi



Shvetsiyada Qurʻʻonni yoqish aktsiyasini tashkil etgan asli iroqlik Salvan Momika oʻlik holda topildi.

Maʻʻlumotlarga koʻra, u chorshanba kuni kechqurun Stokgolʻm yaqinidagi uyida otib oʻldirilgan. Shvetsiya matbuoti Momika oʻldirilgan paytda TikTok'da jonli efirda boʻlganini xabar qilmoqda.

38 yoshli Salvan Momika 2023 yilda Qurʻʻonni ommaviy ravishda yoqib, xalqaro eʻʻtiborga tushgan edi. Uning harakatlari Islom dunyosida keskin noroziliklarga sabab boʻldi va bir qator mamlakatlarda norozilik namoyishlari oʻtkazildi.

Iroqdagi mahalliy maʻʻmuriyat uni oʻldirgan shaxsga ikki million dollar mukofot eʻʻlon qilgan. Shuningdek, Bagʻdod hukumati uni ekstraditsiya qilishni talab qilgan edi.

Shvetsiya rasmiylari hodisa boʻyicha bir necha shaxsni hibsga olgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.