Shvetsiyada Isroilning Elbit Systems shirkati korxonasida otishma sodir boʻldi
Shvetsiyadagi Isroilning jangovar uchuvchisiz uchoqlar ishlab chiqaruvchi Elbit Systems shirkati korxonasida 15 yoshdan kichik oʻsmir tomonidan otishma sodir etildi. Hodisada hech kim jarohatlanmadi, oʻsmir qoʻlga olingan.
Shvetsiyaning
Geteborg shahrining Kallebek tumanida Isroilning Elbit Systems mudofaa shirkati
idorasida otishma sodir boʻldi. Mahalliy TV4 Nyheterna telekanalining xabar
berishicha, 15 yoshdan kichik boʻlgan oʻsmir yigit Isroil kompaniyasi binosiga qarata
oʻt ochgan. Dastlabki maʻʻlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida qurbonlar yoʻq. Oʻsmir
qoʻlga olingan, politsiya voqeani qotillikka urinish va qurol bilan ogʻirlashtirilgan
hujum sifatida tergov qilmoqda.
"Ertalab
Isroilning Kallebekdagi obʻʻektida otishma boʻlgani haqida signal oldik. Bir nechta
patrulʻ va vertolyotlar bilan joʻnab ketdik. Qidiruv hali ham davom
etmoqda", - deydi politsiya matbuot kotibi Fredrik Svedemir.
Oʻtgan yozda
ham kompaniyaga kiraverishda portlovchi qurilma oʻrnatilgan edi. Oʻshanda portlashdan himoya
qilish milliy xizmati obʻʻektni zararsizlantirishga muvaffaq boʻlgandi.
"Hozir kompaniyaga qarshi kampaniya davom etmoqda. Bu
Isroil olib borayotgan urushga qarshi chiqishning oʻziga xos norozilik ifodasining bir qismidir. Bugungi
voqea shunday vaziyatning natijasimi yoki shundaymi, biz bilmaymiz. Aslida Isroil
kompaniyalariga qarshi qaratilgan tadbirlarni Eron qoʻzgʻatmoqda”, - deya taʻʻkidlaydi SVT.
Taʻʻkidlanishicha,
Shvetsiya va qoʻshni mamlakatlarda voyaga etmaganlar bilan bogʻliq jinoyatlar koʻpayib bormoqda. Soʻnggi
paytlarda ular tomonidan bir
necha bor portlashlar va otishmalar sodir etilgan.