31.05.2025 07:38
67
Shimoliy Koreya Rossiyaga 9 million snaryad va 100 ta raketa etkazib berdi
BMT qoʻllovida tayyorlangan Koʻp millatli sanktsiyalar monitoring guruhi (MSMT) hisobotiga koʻra, 2023 yil sentyabridan 2024 yilgacha boʻlgan davrda Shimoliy Koreya Rossiyaga taxminan 9 million artilleriya snaryadi va 100 dan ortiq ballistik raketa etkazib bergan.
Kalibri 82 mm dan 170 mm gacha boʻlgan ushbu oʻq-dorilar kamida 49 ta dengiz yuk orqali etkazilgan, soʻngra temir yoʻl orqali Ukrainada qoʻllanilishi uchun Rossiya omborlariga yuklangan.
Ayrim ballistik raketalar Kiev va Zaporojьe shaharlariga, fuqarolik infratuzilmasini nishonga olib uchirilgan. Ulardan topilgan parchalar Shimoliy Koreya ishlab chiqarganini, jumladan 2024 yil belgisi tushirilgan Hwasong-11A/B turdagi yangi modellarni tasdiqlagan.
Bunga javoban Rossiya havo hujumidan mudofaa tizimlari, radioelektron kurash vositalari va kamida bitta «Pantsirь» jangovar texnikasini bergan, shuningdek, Rossiyaning Kursk viloyatiga 11 000 nafar shimoliy koreyalik harbiy yuborilgan.
Bundan tashqari, Moskva raketa yoʻnaltirish tizimini yaxshilashga yordam bergan fikr va tavsiyalar bilan ham boʻlishgani maъlum qilingan.