18.01.2025 07:40
934

Saudiya ziyoratchilar uchun meningitga qarshi majburiy emlashni joriy qilmoqda

Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025 yil 1 fevraldan boshlab mamlakatga keladigan barcha ziyoratchilar uchun meningokokk meningitiga qarshi majburiy emlashni joriy qilmoqda. Bu qaror infektsiya tarqalish xavfining yuqori boʻlgani sababli qabul qilingan.

Emlash talablari haj va umra ziyoratiga boruvchi har qanday yoʻlovchiga tatbiq etiladi, viza turi yoki maqsadiga qaramasdan. Quyidagi vaktsinalardan biri bilan emlanganlik sertifikati talab qilinadi:

Toʻrt karra Neisseria vaktsinasi

Polisaxarid vaktsina

Konjugat vaktsina

Emlash shartlari:

Toʻrt karra vaktsina bilan emlangan boʻlsa, kelishidan kamida 10 kun oldin emlash kerak.

Polisaxaridli vaktsina bilan emlash sertifikati 3 yildan koʻp boʻlmasligi lozim.

Konjugat vaktsina bilan emlash sertifikati 5 yildan oshmasligi kerak.

Bir yoshga toʻlmagan bolalar uchun emlash majburiy emas.

Mazkur chora-tadbirlar ziyoratchilarning salomatligini himoya qilish hamda meningokokk meningiti kasalligining tarqalishining oldini olish maqsadida koʻrilmoqda.Saudiya ziyoratchilar uchun meningitga qarshi majburiy emlashni joriy qilmoqda

Saudiya Arabistoni Sogʻliqni saqlash vazirligi 2025 yil 1 fevraldan boshlab mamlakatga keladigan barcha ziyoratchilar uchun meningokokk meningitiga qarshi majburiy emlashni joriy qilmoqda. Bu qaror infektsiya tarqalish xavfining yuqori boʻlgani sababli qabul qilingan.

Emlash talablari haj va umra ziyoratiga boruvchi har qanday yoʻlovchiga tatbiq etiladi, viza turi yoki maqsadiga qaramasdan. Quyidagi vaktsinalardan biri bilan emlanganlik sertifikati talab qilinadi:

Toʻrt karra Neisseria vaktsinasi

Polisaxarid vaktsina

Konjugat vaktsina

Emlash shartlari:

Toʻrt karra vaktsina bilan emlangan boʻlsa, kelishidan kamida 10 kun oldin emlash kerak.

Polisaxaridli vaktsina bilan emlash sertifikati 3 yildan koʻp boʻlmasligi lozim.

Konjugat vaktsina bilan emlash sertifikati 5 yildan oshmasligi kerak.

Bir yoshga toʻlmagan bolalar uchun emlash majburiy emas.

Mazkur chora-tadbirlar ziyoratchilarning salomatligini himoya qilish hamda meningokokk meningiti kasalligining tarqalishining oldini olish maqsadida koʻrilmoqda.