24.02.2025 10:09
724

Saudiya Arabistonida Taroveh namozini televidenieda koʻrsatish taqiqlandi

Saudiya Arabistoni Islom ishlari, daъvat va hidoyat vazirligi masjidlarda imom va jamoatni namoz vaqtida, jumladan, Ramazon oyida taroveh namozini tasvirga olish uchun kameralardan foydalanishni taqiqlovchi yangi koʻrsatmalar chiqardi. Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi (SPA) xabariga koʻra, har qanday media platformalar, jumladan ijtimoiy tarmoqlar orqali namozlarni translyatsiya qilishni toʻliq taqiqlash ham joriy etilmoqda.

Vazirlik bayonotida bu chora-tadbirlar masjidlarning maъnaviy muhitini saqlash, namozxonlarni chalgʻitishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish maqsadida amalga oshirilgani taъkidlangan. Imom-xatiblar va voizlardan ushbu koʻrsatmalarga qatъiy amal qilishlari, masjidlarda toʻgʻri muomala odob-axloq qoidalarini jamoatga oʻrgatishlari qatъiy tavsiya etiladi. 

Bundan tashqari, vazirlik masjidlarda iftorlik uyushtirish uchun mablagʻ yigʻishga yoʻl qoʻyilmasligini eslatdi. Iftorlik maъqullangan boʻlsa, u faqat tegishli organlarning nazorati ostida, barcha xavfsizlik va gigiena standartlariga rioya qilgan holda, maxsus ajratilgan joylarda oʻtkazilishi kerak. Bu cheklovlar tartibni taъminlash, masjidlarni tashqi taъsir va nojoʻya harakatlardan xoli, ixlos ibodat maskani sifatida saqlashga qaratilgan.