28.05.2025 06:04
107

Saudiya Arabistoni Qurbon hayitining 1-kuni 6 iyunь, juma kuniga toʻgʻri kelishini eъlon qildi

Saudiya Arabistoni rasmiy axborot agentligi SPA xabariga koʻra, mamlakat Oliy sudi Zilhijja oyining boshlanganini tasdiqlagan. Bu oy — haj ibodati ado etiladigan va Qurbon hayiti nishonlanadigan oy hisoblanadi.

Eъlonda qayd etilishicha, 1446 hijriy yil Zilhijja oyining 1-kuni 28 may, chorshanba kuniga toʻgʻri keladi. Shuningdek:

  • 9-Zilhijja, yaъni Arafa kuni — 5 iyunь, payshanba;
  • 10-Zilhijja, yaъni Qurbon hayitining birinchi kuni — 6 iyunь, juma kuniga toʻgʻri keladi.

Shu munosabat bilan musulmonlar «Alloh rozi boʻladigan amallar qilish»ga chorlandi va «gunohlardan magʻfirat etilish», «haj ibodatida engillik va qabul topish» duolari qilindi.

Hijriy taqvimga koʻra, Qurbon hayiti Zilhijjaning 10-kuni bomdod namozidan soʻng boshlanib, 13-kuni asr namoziga qadar davom etadi.