23.01.2025 17:00
Saudiya AQShga yuzlab milliard dollar sarmoya kiritishga vaʻʻda berdi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon AQSh prezidenti bilan telefon orqali suhbatda Vashington va Ar-Riyod oʻrtasidagi savdo va iqtisodiy munosabatlarni kengaytirish rejalarini muhokama qildi. Shahzoda kelgusida 600 milliard dollargacha investitsiya kiritishni vaʻʻda qildi.
Shuningdek, muzokaralar davomida Yaqin Sharqda tinchlik va xavfsizlikni taʻʻminlash, terrorizmga qarshi kurashda ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Saudiya Arabistonining terrorizmga qarshi kurashga boʻlgan qatʻʻiy pozitsiyasi, shu jumladan, Yamandagi “Ansorulloh” harakatiga qarshi chaqiriqlar aytib oʻtildi.
https://t.me/azon_global/7042
Oldinroq, Saudiya Arabistoni Isroil bilan bogʻliq vaziyat boshi berk koʻchaga kirib qolgani sababli AQSh bilan keng koʻlamli mudofaa shartnomasidan voz kechgandi.