28.05.2025 09:28
251

Ruhoniy Ostrovskiy nega rus ayollari musulmonlarga turmushga chiqayotganiga izoh berdi

Moskva viloyati Naxabino shaharchasidagi Georgiy cherkovi ruhoniysi, ierey Pavel Ostrovskiy nega nasroniy rus ayollari koʻpincha musulmon erkaklarga turmushga chiqayotgani haqida oʻz fikrini bildirdi. Bu haqda «Fontanka.ru» xabar berdi.

Ruhoniyning soʻzlariga koʻra, bunday holatga asosiy sabab pravoslav erkaklarning masъuliyatdan qochishi va oila qurishga shoshilmasligidir.

«Koʻplab qizlar aynan musulmonlarga turmushga chiqmoqda, chunki u erdagi yigitlar tezroq taklif qilishadi, biznikilar esa sartaroshxona va sport zallarida yuribdi. Keyin esa: “Pulim yoʻq, hali aniq qaror qilmadim, ish masalasi, onam ruxsat bermaydi” deyishadi. Shuning uchun bu erda musulmonlarni ayblash kerak emas», – dedi u «Sputnik» radiosi efirida.

Uning taъkidlashicha, baъzi hollarda osiyolik muhojirlar rus ayollari uchun turmush qurish borasida oxirgi imkoniyatga aylanmoqda, chunki mamlakatda «masъuliyatni zimmasiga ololmaydigan irodasiz erkaklar» koʻp. Ostrovskiyning aytishicha, tanish ayollaridan baъzilari faqat shunchaki taklif qilingani uchun, boshqa iloji qolmaganidan turmush qurgan.

Ierey vatanparvarlik va vataniga muhabbat «anъanaviy oiladan» boshlanishi, oʻngga-soʻlga qadam tashlashdan emasligini taъkidladi.