20.12.2024 10:00
Rossiyada musulmon erkaklarga ko‘pxotinlikka ruxsat berildi
Rossiyada musulmon jamoasi uchun sharʻʻiy koʻpxotinlilikka oid yangi fatvo qabul qilindi. Rossiya Federatsiyasi Musulmonlar diniy boshqarmasining Ulamolar kengashi tomonidan qabul qilingan ushbu hujjat, erkaklarga muayyan shartlarga rioya qilgan holda toʻrttagacha xotin olish imkoniyatini beradi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Fatvoga koʻra, erkakning bir necha xotin olishi quyidagi shartlarga bogʻliq:
Adolatli munosabat: Barcha xotinlar moddiy jihatdan teng taʻʻminlanishi kerak.
Alohida uy-joy: Har bir xotin uchun alohida yashash joyi ajratilishi lozim.
Teng vaqt ajratish: Er har bir xotini bilan vaqt oʻtkazishda oldindan kelishilgan tenglik qoidasiga amal qilishi kerak.
Agar ushbu shartlar bajarilmasa, erkakka koʻp xotinlilikka ruxsat berilmaydi. Biroq, ayrim hollarda, masalan, bir xotin oʻz huquqidan ixtiyoriy ravishda voz kechsa, istisnolar qoʻllanilishi mumkin.
Koʻp xotinlilikka bir qator sabablar asos qilib koʻrsatilgan. Jumladan,
Birinchi xotinning sogʻligʻi tufayli farzand koʻra olmasligi.
Reproduktiv yosh tugaganligi yoki farzand koʻrishni istamasligi.
Yolgʻiz ayol va uning bolalariga ijtimoiy yordam koʻrsatish istagi.
Er-xotin oʻrtasida jinsiy moslik yoʻqligi bunga asos boʻladi.
Yangi xotin bilan nikoh tuzishdan oldin er oʻzining avvalgi oilasi borligini yangi xotiniga maʻʻlum qilishi shart boʻladi. Birinchi xotinga ham yangi nikoh haqida xabar berish tavsiya etiladi.
Agar yangi xotin erning avvalgi nikohidan boxabar boʻlmasa va buni qabul qilmasa, u oʻz nikohini bekor qilishga haqli.
Rossiyaning amaldagi qonunchiligi bir vaqtda faqat bitta rasmiy nikohga ruxsat beradi. Rasmiy boʻlmagan sharʻʻiy nikohlar qonunan tan olinmaydi, bu esa huquqiy himoya etishmovchiligiga olib keladi.
Moskva muftiysi Ildar Alyautdinov taʻʻkidlaganidek, erkak barcha farzandlarni moddiy va huquqiy jihatdan taʻʻminlashi kerak. Buning uchun notarius orqali vasiyatnoma tuzish tavsiya etiladi.
Koʻp xotinlilik Rossiya musulmonlari uchun diniy anʻʻanalarni qonunchilik doirasida amalga oshirish uchun imkoniyat yaratadi. Biroq, qonun va sharʻʻiy talablarni uygʻunlashtirishda mavjud muammolar saqlanib qolmoqda. Sharʻʻiy nikohda boʻlgan ayollarning huquqiy himoyasi va qonunchilikka muvofiqlik masalasi hal etilishi zarur.